Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33O‘tgan 2023-yilda “Olmaliq KMK” AJ tomonidan mahsulot ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi bo‘yicha 137 loyiha asosida 321,7 mlrd so‘mlik mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarilishi belgilangan edi. Amalda esa 147 ta loyiha bo‘yicha 429 mlrd so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilib, prognoz (357,8 mlrd so‘m) 119,9 foizga bajarildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur'atini 128,4 foizni tashkil etganini anglatadi.
Shuningdek, hisobot davrida Mahalliylashtirish dasturiga qo‘shimcha ravishda 10 ta 36,1 mlrd so‘mlik yangi loyihalar kiritilib, loyihalar soni 147 tani, prognoz ko‘rsatkichi 357,8 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Import o‘rnini bosish samaradorligi 36,6 mln dollar bo‘ldi.
2023-yil prognoziga kiritilgan yangi loyihalar bo‘yicha 134,2 mlrd so‘mlik (prognoz 121,3 mlrd so‘m) mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarildi.
Jumladan, har xil turdagi “Nasoslar uchun ehtiyot qismlar”, “Misdan novalar”, “Stropalar”, “Palladiy metalli”, “Shaxta elektrovozlariga ehtiyot qismlar”, “Molibden va Volfram tuzlari”,“Yuqori haroratga chidamli keramik mahsulotlar”, “Volfram karbidi”, “Shamot g‘ishtlari”, “Sferali sharli tayanchlar”, “Flotamashinalar uchun ehtiyot qismlar”, “Ferromolibden”, “Geopanjaralar”, “Polimer mahsulotlaridan futerovkalar” va boshqa mahsulotlar o‘zlashtirildi.
Qo‘shimcha ravishda o‘zlashtirilishi belgilangan yangi turdagi import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar bo‘yicha OKMK rahbariyati hamda mas'ul bo‘limlarning mutaxassislari tomonidan domimiy ravishda mahalliy ishlab chiqaruvchi korxona vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.
Mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan kombinat tomonidan avval import qilingan mahsulotlarni o‘zlashtirish bo‘yicha ishlar tashkil etilganini alohida ta'kidlash joiz.
Jumladan, “Olmaliq quyuv mexanika zavodi” MChJ da qiymati 25 mln dollarlik loyiha bo‘yicha ishlab chiqarish hajmi 300 mlrd so‘mlik 40 turdan oshiq quyma mahsulotlarni o‘zlashtirish ishlari boshlandi.
“Deutsche innovationen Technologie AGMK” QK MChJ tomonidan turli geokompozit, polimer va stekloplastik, truba va baklar kabi mahsulotlarni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi (32,4 mlrd so‘m).
Germaniyaning “Falk Porsche Technik” GmbH kompaniyasi bilan birgalikda “Deutsche innovationen Technologie AGMK” QK MChJ ishlab chiqarish maydonida bir qator loyihalar amalga oshiriladi.
Xususan, quvvati 50 000 tonna misni qayta ishlashga mo‘ljallangan loyiha qiymati 20 mln dollar bo‘lgan “Misdan katanka va yangi turdagi kabel mahsulotlari” loyihasining 1-bosqichi ishga tushirilishi ko‘zda tutilgan. Ushbu loyihaning ishlab chiqarish hajmi 450 mln dollarni tashkil etadi.
Yangi “Mis eritish zavodi” uchun “Mis katodlari elektrolizlari uchun polimerbeton vannalar” loyihasi bo‘yicha mahsulot ishlab chiqarish tashkil etiladi. Ushbu loyihaning qiymati 5 mln dollar bo‘lib, ishlab chiqarish hajmi 24 mln dollar, quvvati 1500 dona elektroliz vannalari ishlab chiqarish.
Bundan tashqari, “AVM” (Germaniya) korxonasi bilan hamkorlikda “Gorizontal tokarlik frezerli ishlov berish raqamli markazlari” loyihasi bo‘yicha ishlab chiqarish boshlandi. Loyihaning qiymati 2,2 mln dollar bo‘lib ishlab chiqarish hajmi 35 mln yevro, quvvati 80 komplekt raqamli markaz-dastgohlar ishlab chiqarishni tashkil etadi.
Shuningdek, kombinat tomonidan 2024-yildan boshlab quyidagi loyihalar amalga oshirilishi kutilmoqda.
Xususan, "Fiberpipe” (Germaniya) kompaniyasi bilan hamkorlikda qiymati 10 mln dollar bo‘lgan “Kimyoviy chidamkor shisha tolali mahsulotlar” loyihasini amalga oshirish orqali kombinat hamda neft, gaz va kimyo sanoati ehtiyojlari uchun avval import qilingan kimyoviy chidamkor trubalar, rezervuar baklar va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish ta'minlanadi.
“MENZEL” (Germaniya) kompaniyasi bilan hamkorlikda qiymati 15 mln dollar bo‘lgan “Yangi turdagi sanoat elektrodvigatellarini ishlab chiqarish” loyihasini amalga oshirish orqali respublika sanoat korxonalari ehtiyojlari uchun avval import qilingan elektrodvigatellar mahsulotlarini ishlab chiqarish ta'minlanadi.
“Huigong Machinery Group” (Xitoy) kompaniyasi bilan hamkorlikda qiymati 25 mln dollar bo‘lgan “Karyer avtosamosvallari va maxsus texniklar uchun ehtiyot qismlar va servis xizmatini ko‘rsatish” loyihasini amalga oshirish orqali respublika sanoat korxonalaridagi mavjud maxsus texniklar ehtiyojlari uchun avval import qilingan ehtiyot qismlarni ishlab chiqarish ta'minlanadi.
OKMK Mahalliylashtirish bo‘limi