• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33
  • Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33

OKMKda sarhisob: Sport sohasida 2024-yilda erishilgan yutuqlar

25 Dekabr 2024, 9:1 790

- OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi jismoniy tarbiya va sport bo‘limi Karate-do seksiyasi a'zolaridan Zilola Ashirqulova, Sanjarbek Erkinov, Sitora Axilboyeva may oyida Toshkentda o‘tkazilgan musobaqada O‘zbekiston chempioni bo‘lishdi.

- Oliy liga OKMK basketbol ayollar jamoasi esa O‘zbekiston Respublikasi chempionatida 1-o‘rin, kubok musobaqalarida ikki karra 1-o‘rin sohibi bo‘lishdi.

- OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi jismoniy tarbiya va sport bo‘limi yengil atletika seksiyasidan Dilnura Haydarova va Beknur Abdiqodirov iyul oyida Rossiyada bo‘lib o‘tgan “Osiyo bolalari” xalqaro musobaqasida 2-o‘rinni egallashdi. Shuningdek, ular sentyabrь oyida Toshkentda o‘tkazilgan O‘zbekiston chempioni bo‘lishdi.

- Noyabr oyida Rossiyaning Qozon shahrida yoshlar o‘rtasida belbog‘li kurash bo‘yicha o‘tkazilgan Jahon chempionatida ishtirok etgan vakilimiz Sohibjon Boymatov (62 kg) bronza medalini qo‘lga kiritdi.

- 4 nafar vakilimiz Kemron Shirinov, Samandar Abduvoitov, Metin Gafurov, Yelena Xardina pauerlifting bo‘yicha O‘zbekiston chempioni va kubok bahslarida g‘olib bo‘lishdi. Sentyabr va noyabr oylarida pauerlifting bo‘yicha Gongkong va Bishkekda o‘tkazilgan Osiyo o‘yinlarida Konstantin Xardin va Yelena Xardinalar chempion bo‘lishdi.

- 2024-yilning may va avgust oylarida gandbol bo‘yicha  Toshkentda bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo ochiq chempionatida Oliy liga OKMK erkaklar jamoasi 1-o‘rin, ayollar jamoasi 2-o‘rinni egalladi. O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligi kubogi bahslarida gandbolchi erkaklar 1-o‘rin, ayollar jamoasi 3-o‘rinni qo‘lga kiritishdi. Gandbol bo‘yicha OKMK erkaklar va ayollar jamoasi mamlakat chempioni bo‘lishdi.

- OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi jismoniy tarbiya va sport bo‘limi shaxmat klubi a'zosi Shohjaxon Sidiqov mart oyida O‘zbekiston chempionatida 3-o‘rinni, iyun oyida Osiyo chempionatida bronza medalni qo‘lga kiritdi.

- Futbol bo‘yicha OKMK FA U-13 jamoasi xalqaro turnirda kumush medalni qo‘lga kiritdi. “OKMK-W” ayollar futbol jamoasi mamlakat chempionatida ikkinchi o‘rin sohibi bo‘lishdi. 12-noyabr XXX O‘zbekiston chempionati oliy liga jamoalari o‘rtasida o‘tkazilgan 26-tur uchrashuvida “OKMK-W” jamoasi “Paxtakor-W” jamoasi ustidan 7-0 hisobida g‘alaba qozonib, muddatidan avval ilk bor o‘z tarixida “Ayollar Oliy ligasi-2024” da ikkinchi o‘rin sohibi bo‘ldi.

- 21-24 noyabr kunlari Tojikistonda motokross bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro ochiq kubok bahslarida Andrey Sazonov boshchiligidagi OKMK motokrosschilari chempion bo‘lishdi.

- Tarixiy natija. Futbol bo‘yicha OKMK PFK jamoasi superligada mavsumni 47 ochko to‘plagan holda kumush medal bilan yakunladi. OKMK jamoasi 2018-yil o‘z tarixida ilk bor O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritgan. 2019- va 2020- yillarda O‘zbekiston kubogi finaliga chiqqan. 2020- va 2021- yillar bronza medaliga sazovor bo‘lgan. OKMK Osiyo chempionlar ligasi 2023/2024-yilgi mavsumi guruh bosqichida ishtirok etgan. 11-dekabr kuni OKMK jamoasiga Feyr-pley sovrini tantanali ravishda topshirildi.

- OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi jismoniy tarbiya va sport bolimi karate-do seksiyasi a'zolaridan Asilabonu Kamoliddinova, Zulfizar O‘rozboyeva, Farzonabonu Abdunazarova, Nozanin To‘ychiboyeva, Sitora va Zarina Axilboyevalar dekabr oyida Toshkent shahrida o‘tkazilgan O‘zbekiston Kubogi musobaqasida chempionlikni qo‘lga kiritishdi.

- Dekabr oyida Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahrida belbog‘li kurash bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqasida Sohibjon Boymatov, Diyorbek Abdunabiyev, Xudoyor Darobjonov oltin medal,  Eldor Jalilov kumush medal va Behruz Ibrohimov bronza medaliga sazovor bo‘lishdi.

Bo`lishmoq:
Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izohingiz yoki to`gri versiya:

Close menu