• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMKda shaxmat haftaligi: aql gimnastikasi bahslari davom etadi

01 Noyabr 2024, 10:30 288

OKMKning 75 yilligi munosabati bilan kombinat tarkibiy bo‘linmalarida shaxmat haftaligi doirasida musobaqalar o‘tkazib kelinmoqda.

Xususan, Portlovchi materiallari zavodida tashkil etilgan shaxmat bo‘yicha musobaqada tog‘-kon ustasi N.Davletmurodov g‘olib bo‘ldi.

Bosh mexanik O.Qurbanbaev ikkinchi o‘rinni egalladi.

Tog‘ kon ustasi E.Xamrayevga uchinchi o‘rin nasib etdi. Bizga bu haqda korxona sport yo‘riqchisi Abduholiq Abduqharrov xabar qilmoqda.

Shuningdek, Kapital qurilish boshqarmasi hamda Loyiha ishlari boshqarmasida uch avlod vakillari o‘rtasida shaxmat, shashka turniri ham o‘tkazildi.

Shaxmat bo‘yicha Loyiha ishlari boshqarmasidan Ruslan Sayakov 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, musobaqani mutloq g‘olibi bo‘ldi.

Kapital qurilish boshqarmasidan Aleksey Li 2-o‘rinni egalladi.

Loyiha ishlari boshqarmasidan Sardor Yuldashev 3-o‘ringa munosib deb topildi.

Shashka bo‘yicha bahslarda Kapital qurilish boshqarmasidan Tatyana Muravyova, Barno Axrorova, Dilfuza Ganiyevalar sovrinli o‘rinlarni egallashdi.

Issiqlik elektr markazi ishchi-xodimlari o‘rtasida tashkil etilgan turnir ham qiziqarli bahslarga boy bo‘ldi.

Uchinchi o‘rinni Qozon turbina sexi katta ustasi Mirza O‘razbayev egalladi.

Shu sex chilangari Abdusamin Abduqodirovga ikkinchi o‘rin nasib etdi.

Elektr sexi chilangari Shohrux Mamayusupov mutlaq g‘olib bo‘ldi.

Kombinat tarkibiy bo‘linmalarini yonilg‘i moylash materiallari bilan ta'minlab kelayotgan Neft mahsulotlari ta'minoti boshqarmasida ham shaxmat birinchiligi qizg‘in kechdi. Musobaqada Shahnoza Karimova, Farrux Axmedov va Shuhrat Abdujabbarovlar g‘oliblar safidan joy olishdi. Bu haqida korxona kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Alimardon Matmusayev xabar bermoqda.

Musobaqalarda barcha g‘oliblar esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech