"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Kuni kecha Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida kombinat Axborot texnologiyalari bo‘yicha mas'ullari hamda texnika fanlari doktori, Xolon texnologiya universiteti (Isroil) va Soka universiteti (Yaponiya) professori Avazjon Marahimov, texnika fanlari doktori, professor Erkin O‘ljayev, Toshkent davlat texnika universitetining professorlari va ushbu oliygoh vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Tadbirda universitetning ilg‘or sun'iy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda ishlab chiqarish muammolarini hal qilishga qaratilgan innovatsion ishlanmalari taqdim etildi. Xususan, "NeuroVision AGMK" - OKMKda sanoat xavfsizligi va reglament nazoratini ta'minlash uchun neyron tarmoq texnologiyalari asosida sanoat videotahlilining intellektual tizimini ishlab chiqish va joriy etish”, "Sun'iy intellekt texnologiyalari asosida avtomatlashtirilgan ekomonitoring va chiqindilarni prognozlashning intellektual tizimi", "Sun'iy intellekt usullari asosida ko‘pikli mahsulot sifatini baholash va flotatsiya jarayonini boshqarish uchun intellektual mashina ko‘rish tizimini ishlab chiqish va joriy etish" kabi ishlanmalar namoyish etildi.
Uchrashuv davomida korxonaning ishlab chiqarish jarayoniga bunday texnologiyalarni joriy etish bilan bog‘liq dolzarb masalalar muhokama qilindi. Sanoat xavfsizligini oshirish, monitoring va nazorat jarayonlarini avtomatlashtirish, ekologik ko‘rsatkichlarni yaxshilash, shuningdek, boshqaruv qarorlarini optimallashtirish kabi potensial ta'sirlarga alohida e'tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida o‘zaro anglashuvga erishdilar, bu o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum shaklida qayd etiladi. Yaqin vaqt ichida taqdim etilgan yechimlarni amalda sinab ko‘rish maqsadida pilot loyihalarni ishga tushirish rejalashtirilgan.
Axborot xizmati