"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan joriy yilning yanvar-aprel holati bo‘yicha barcha ishlab chiqarish prognozlari bajarildi.
Jumladan, tovar mahsulotlari ishlab chiqarish prognozi 114,6%ga bajarildi. Mis xom ashyosini qayta ishlash vazifasida +100,1%lik o‘sish sur’ati kuzatildi. Ushbu yo‘nalishda 1- va 2-Mis boyitish fabrikalari ham +100,1%lik o‘sish sur’atini qayd etishdi.
Shuningdek, konsentratda mis metalli vazifasi 105,3%ga bajarildi. 1- va 2-Mis boyitish fabrikalari mehnat jamoalari ushbu yo‘nalishda belgilangan rejalarni oshig‘i bilan ado etishdi.
Mis katodi ishlab chiqarish prognozi 100,9%ga bajarilib, +101,2%lik o‘sish sur’atiga erishildi.
O‘z xom ashyomizda mis katodi ishlab chiqarish(116,5%) va rux ishlab chiqarish(105,3%) kabi vazifalarning bajarilishi ham ta’minlandi.
Surxon vohasida joylashgan Xondiza kon boshqarmasi mehnat jamoasi polimetall ma’danlarni qazib olish(100,0%), ularni qayta ishlash(100,4%), rux konsentratida rux(101,0%) kabi vazifalarni bajarishga muvaffaq bo‘lishdi.
Bundan tashqari, Angren kon boshqarmasi, Chodak kon boshqarmasi, Kovuldi koni kabi tarkibiy bo‘linmalar oltin tarkibli ma’danlarni qazib olish, ularni qayta ishlash, konsentratda 1-va 2- metall bo‘yicha vazifalarni bajarilishini ta’minlashdi.
O‘tgan 4 oyda shuningdek, mis kuporosi(100%), texnik selen va tellur(100%), perrenat ammoniy(100,7%), paladdiy kukuni(102,7%) kabi mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha prognozlar bajarildi.
OKMK Budjetlashtirish va xarajatlarni nazorat qilish departamenti