Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33BMT Bosh Assambleyasining 2011-yil 19-dekabrdagi rezolyusiyasiga asosan, 11-oktabr - “Xalqaro qizlar kuni” deb e’lon qilingan. Bu sana har yili butun jahon bo‘yicha qizlarning kamsitilishi, ularning ijtimoiy muammolariga e’tibor qaratish maqsadida nishonlanib kelinmoqda.
Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasida “Xalqaro qizlar kuni” munosabati bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda fan, san’at, madaniyat sohasi vakillari, oliy ta’lim muassasalari talabalari, “Qizlarjon” Klubi a’zolari ishtirok etdi. Millat davomchisi bo‘lmish qizlarni ma’rifatli, ziyoli va onalik maqomiga munosib qilib voyaga yetkazish masalasiga alohida e’tibor qaratilgan. Bugunga qadar ushbu vazifalarni amalga oshirish maqsadida qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Tadbirda Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida mehnat qiluvchi 30 yoshgacha bo`lgan yetakchi xotin-qizlar ham qatnashdi.
Uchrashuvda OKMKda xotin-qizlar faoliyatiga berilayotgan e`tibor yuqori baholandi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisi Zulayho Mahkamova ishtirok etdi.
Viloyat Davletova,
OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi xotin-qizlar masalalari bo`yicha komissiya raisi