• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMKda xotin-qizlar salomatligi kunlari

26 Oktyabr 2023, 8:57 823

Ayni kunlarda OKMK Xotin-qizlar va gender tenglik bo‘yicha Maslahat kengashi tomonidan tashkil etilgan “Xotin-qizlar salomatligini muhofaza qilish 10 kunligi” davom etmoqda.

Ushbu o‘n kunlik doirasida Iste'mol mollari ishlab chiqarish boshqarmasi, O‘quv markazi, Uy-joylarni ta'mirlash va ulardan foydalanish boshqarmasi, Rux zavodi, Texnik nazorati xizmati, Ixtisoslashtirilgan ta'mirlash ishlari boshqarmasi, 2-Mis boyitish fabrikasi, Texnik tizimlar xavfsizligi xizmati, Markaziy tahlil laboratoriyasi kabi tarkibiy bo‘linmalarda mehnat qilayotgan opa-singillarimiz uchun sayyor tibbiy ko‘riklari tashkil etildi.

Unda ayollar terapevt, onkoginekolog, kardiolog, nevropotolog, endokrinolog, ginekolog kabi tibbiy mutaxassislar qabulida bo‘lishib, tibbiy maslahatlar olishdi. 

Bu kabi sayyor tibbiy ko‘rik kombinatning barcha tarkibiy bo‘linmalari uchun tashkil etilmoqda.

Tibbiy ko‘rikdan o‘tgan ayollarimiz tashkilotchilardan juda mamnun bo‘lishdi.

Sarvinoz Abdurashidova,

O‘quv markazi Xotin-qizlar va gender tenglik bo‘yicha maslahat kengashi raisi.

X.Bazarkulova,

TNX Xotin-qizlar va gender tenglik bo‘yicha maslahat kengashi raisi

Bo`lishmoq:
Text to speech