• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMKda yangi hujjat almashinuv tizimi amalda

26 May 2022, 13:0 1707

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan tasdiqlangan «Olmaliq KMK» AJ faoliyatida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» ga ko‘ra, kombinat hujjat almashinuv tizimi yangilangan edi. Ayni kunlarda ushbu tizimdan kombinat korxona, tashkilotlari foydalanib kelmoqda.

2022 yilda Olmaliq KMK AJ da raqamli texnologiyalar va axborot tizimlarini joriy etish chora-tadbirlari ishlab chiqilgan edi. Unda  kombinatda elektron hujjat almashinuvi tizimini modernizasiya qilish vazifasi belgilangan. Unga muvofiq Pegas hujjat almashinuv tizimi Directum RX tizimiga almashtirildi. Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan tizimning ishlash tartibi xususida sex va bo‘linmalarning mas'ul hodimlariga tushuntirish jarayonlari, seminarlar, onlayn uchrashuvlar tashkil etib kelinmoqda.

Ularning navbatdagisi 24 may kuni MTTU MISiS Olmaliq filialida boshqarma mutaxassislari ishtirokida olib borildi. 5 may sanasida to‘liq foydalanishga o‘tilgan Directum RX  elektron hujjat almashinuv tizimi hususida boshqarma yetakchi dasturchi muhandisi Shahnoza Abdullayeva shunday keltiradi.

Yangi tizim ko‘plab qulayliklarga ega. Ma'lumotlar bazasini to‘liq ko‘ra olish imkoniyati bor, elektron imzo ortiqcha ovoragarchiliklardan holi etadi.

Shuningdek, yangi tizimni OKMKning har bir bo‘linmasida joriy etish jarayonlari ham yo‘lga qo‘yilgan. Jarayonlar esa davom etmoqda.

Tadbir ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob olishdi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech