• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMKda yetti oyda 413,2 million dollarlik eksport amalga oshirildi

08 Avgust 2023, 15:0 2265

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan joriy yilning yanvar-iyul holatiga ko‘ra, 413 200 000 dollarlik mahsulot eksporti amalga oshirilib, rejaviy vazifa 100,4%ga bajarildi.

Mahsulotlar kesimida tahlil qiladigan bo‘lsak, 33 556 ming tonna mis mahsulotlari, 21 123 tonna rux mahsulotlari eksporti amalga oshirilgan.

Bundan tashqari, 516 tonna molibden mahsulotlari eksport qilinib, rejaviy vazifa 129,7%ga bajarilgan.

Shuningdek, xorijga reniy, mis kuporosi, palladiy kukuni, qo‘rg‘oshin konsentrati kabi mahsulotlar ham eksport qilingan.

O‘tgan yilda kombinat mahsulotlari eksporti geografiyasi kengaydi. Yangi bozorlar – Ispaniya, Avstriya, Germaniya, Finlyandiya, Kanada, Janubiy Afrika Respublikasi va Senegal davlatlariga qiymati 14,3 million dollarlik mahsulotlar eksporti amalga oshirildi. Shuningdek, 2022-yilda OKMKda ishlab chiqarilgan mis konsentratlaridan iborat birinchi konteyner blok poezdi Bolgariyaning Burgas shahriga yuborildi.

OKMK Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech