• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMKda yuqori mehnat marralari zabt etildi

05 Avgust 2024, 10:41 717

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati mehnat jamoasi joriy yilning 7 oyida barcha ishlab chiqarish prognozlarini bajarilishini ta'minlashdi.

Jumladan, tovar mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha prognoz 7 oyda 116%ga, iyul oyida esa prognoz 115,5%ga bajarildi.

Qalmoqqir konidan ma'dan qazib olish prognozi 102,1%ga(iyul oyida 103,4%) bajarilib, o‘sish sur'ati +106,9%ni tashkil etgan.

Mis konsentratini qayta ishlash prognozida +102,2%lik o‘sish sur'ati kuzatilgan. Ushbu yo‘nalishda iyul oyida prognoz 103,4%ga bajarilgan.

Shuningdek, konsentratda mis bo‘yicha prognoz 7 oyda 101,6%ga, iyul oyida 106,6%ga bajarilishi ta'minlandi.

Ushbu yo‘nalishlardagi prognozlarining bajarilishida Mis boyitish fabrikasi va 2-Mis boyitish fabrikasi kabi mehnat jamoalarini alohida ta'kidlash joiz.

Bundan tashqari, mis katodi va o‘z xom ashyomizdan mis katodi, rux ishlab chiqarish prognozlari oshig‘i bilan bajarilgan.

Sulfat kislotasi ishlab chiqarish bo‘yicha +100,9%lik o‘sish sur'ati qayd etilgan.

Xondiza kon boshqarmasi mehnat jamoasi tomonidan polimetall ma'danlarni qazib olish(100,9%), uni qayta ishlash(100,5%), rux konsentratida rux(105,9%) kabi belgilangan ishlab chiqarish prognozlari bajarilishi ta'minlangan.

Angren, Chodak kon boshqarmalari va Kovuldi koni kabi mehnat jamoalari tomonidan oltin tarkibli ma'danlarni qazib olish, qayta ishlash, konsentratda 1- va 2-metall prognozlari bajarilgan.

Shuningdek, mis kuporosi, emallangan mis sim, texnik selen va tellur, perranat ammoniy, palladiy kukuni, molibden 3 oksidi kabi mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha rejaviy vazifalar ado etilgan.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech