• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMKga yana 2 dona avtogigant olib kelindi

28 May 2024, 8:37 1293

Xabaringiz bor, ayni paytda Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida “Yoshlik-1 konini o‘zlashtirish” investitsiyaviy loyihasini ishga tushirish ishlari jadal sur'atlarda olib borilayapti. Loyiha doirasida “Yoshlik-1” koni uchun bir qator zamonaviy texnologik kon transport vositalari olib kelinmoqda.

Kuni kecha “Yoshlik-1” koniga transport xizmatini ko‘rsatib kelayotgan Texnologik transport boshqarmasi texnoparki yana 2 ta zamonaviy avtogigant bilan boyidi.

TTB boshlig‘ining transport vositalaridan foydalanish bo‘yicha o‘rinbosari Bahrom Niyazmetovning ma'lum qilishicha, loyiha doirasida 2024-yilda yana  jami bo‘lib 5 dona NMTE-240 rusumli avtosamosval olib kelinishi rejalashtirilgan. Yanvar oyida 2 ta ana shunday avtogigant keltirilgan edi. Yaqin kunlarda yana 1 dona mana shunday samosval olib kelinadi.

Ushbu samosvallarning yuk ko‘tarish quvvati 236 tonnani tashkil etib, transport vositasi to‘liq avtomatlashtirilgan. E'tiborlisi, ushbu avtosamosvallar mahalliylashtirish dasturi asosida "NURAFSHON-MAXSUS-TEXNIKA" MChJda ishlab chiqarilmoqda.

Ma'lumot uchun: 2020-2021 yillarda “Yoshlik-1 konini o‘zlashtirish investitsiyaviy loyihasi” doirasida 29 ta 220 tonna yuk ko‘tarish quvvatiga ega bo‘lgan “BelAZ” rusumli avtosamosvallar keltirilgan.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech