"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining 75 yilligini qo‘shni tuman va shaharlarda ham keng nishonlanmoqda.
Jumladan, OKMKning 75 yillik yubiley bayrami Piskent tumanida tashkil etilgan.
Bayram tadbirida tuman madaniyati bo‘limi hamda 30-sonli musiqa maktabi xodimlari ishtirokida konsert dasturi o‘tkaziladi.
Shuningdek, Bo‘ka tumanida ham bayram tadbirlari yuqori kayfiyatda o‘tkazildi.
Unda Bo‘ka tumani madaniyat bo‘limi va musiqa maktabi xodimlari tomonidan konsert dasturi taqdim etildi.
Tadbirda tuman madaniyat saroyi xodimlari hamda xalq folklor jamoalarining chiqishlari ham tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘ldi.
Angren shahrida ham kombinat 75 yilligi keng nishonlandi.
“Dukent” madaniyat markazida tashkil etilgan bayram tadbirida Angren shahar hokimi Alisher Rayimov ishtirok etib, OKMK mehnat jamoasini samimiy muborakbod etdi.
Bayram tadbirida OKMKning Angren kon boshqarmasi, Shaxtqurilish boshqarmasi kabi tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari va ishchi-xodimlari qatnashishdi.
Tadbir davomida ko‘p yillar davomida fidokorona mehnat qilayotgan bir qator ilg‘or ishchi-xodimlar e'tirof etildi va rag‘batlantirildi.
Qo‘shni tuman va shaharlarda tashkil etilgan bayram tadbirlarida OKMK mas'ullari ishtirok etishdi.
Axborot xizmati