Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining 75 yilligi tarkibiy bo‘linmalarda ko‘tarinki kayfiyatda kutib olinmoqda.
“Olmaliqmetallurqurilish” tresti
Jumladan, 30-oktyabr kuni “Olmaliqmetallurqurilish” tresti mehnat jamoasida bayram shodiyonasi keng nishonlandi. To‘kin dasturxon atrofida jam bo‘lgan ishchi-xodimlar va nafaqadagi mehnat faxriylarini OKMK va trest Trest rahbariyati ayyom bilan tabriklab, samimiy tilaklarini bildirishdi.
Bayram tadbiri davomida “Metallurg” madaniyat saroyining badiiy jamoalari tomonidan tayyorlangan ajoyib konsert dasturi barchaga manzur bo‘ldi.
Shuningdek, tadbirda 21 nafar nafaqadagi mehnat faxriylari tashakkurnomalar va qimmatbaho sovg‘alar bilan rag‘batlantirildi.
Bundan tashqari, bir qator faollar tomonidan yaratilgan "Quruvchilar madhiyasi"ning ijodkorlari hamda OKMKning 75 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan shaxmat musobaqasi g‘oliblari ham ushbu tadbirda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar. Bizga bu haqda trest kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Obidjon Sarkayev xabar bermoqda.
Issiqlik elektr markazi
Issiqlik elektr markazi kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Sarvar Kalamxodjayevning ma'lum qilishicha, korxonada kombinatning 75 yilligi bayrami munosib kutib olingan.
Bayram dasturxoniga nafaqada bo‘lgan nuroniylar ham taklif etilib, uch avlod uchrashuvi ham tashkil etilgan. To‘kin dasturxon atrofida kechgan suhbatda mehnat faxriylari yosh avlodga orttirgan tajribalarini, hayotiy voqealarni so‘zlab berishdi. Shuningdek markaz faollari bir necha mehnat faxriylarining holidan ham xabar olishdi.
Iste'mol mollari ishlab chiqarish boshqarmasi
Bundan tashqari, Iste'mol mollari ishlab chiqarish boshqarmasi mehnat jamoasida ham bayram tantanasi ko‘tarinki ruhda nishonlandi.
Bayram tadbiriga nafaqada bo‘lgan mehnat faxriylari ham taklif etilib, ularning mehnat yo‘llari yoshlarga ibrat ekanligi ta'kidlandi. Bayram tadbirida uch avlod uchrashuvi ham tashkili etilib, nuroniylarga esdalik sovg‘alari ulashildi. Bir guruh ilg‘or ishchi-xodimlar ham rag‘batlantirildi. Bu haqda boshqarma kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Iqbol Yuldashxodjayeva xabar bermoqda.
Avtomobil transport boshqarmasi
Kombinatning 75 yilligi bayram tadbirini Avtomobil transport boshqarmasi mehnat jamoasi “Olmaliq” tantanalar majmuida nishonlashdi.
Tadbirda mehnat faxriylari, ilg‘or ishchi-xodimlar esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi.
Tadbir davomida tashkil etilgan uch avlod uchrashuvida esa nuroniylar yoshlar bilan o‘zlarining hayotiy tajribalarini o‘rtoqlashdi.
“Metallurg” MS badiiy jamoalarining konsert dasturi barchaga bayramona kayfiyat ulashdi. Bizga bu haqda ATB kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Olimjon Ahmedov xabar bermoqda.
Kovuldi koni
Kovuldi koni mehnat jamoasida tashkil etilgan uch avlod uchrashuvi ham katta bayramga aylanib ketdi. Kon kasaba uyushmasi raisi Anorboy Yusupovning ma'lumotiga ko‘ra, samimiy ochiq muloqot tarzida kechgan davra suhbatida keksa avlod konchilari yoshlariga o‘zlarining pand nasihatlarini berishdi. Tadbirda kon rahbariyati tomonidan nuroniylarning mehnatlari e'tirof etilib, esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi.
Chodak kon boshqarmasi
Namangan viloyatida joylashgan Chodak kon boshqarmasi mehnat jamoasida ham yubiley bayram katta tantanalar bilan kutib olindi. Boshqarma yoshlar ittifoqi raisi Abduvali Boboyevning xabar berishicha bayram tadbirida Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov, kon boshqarmasi rahbari Abduholiq Mirahmedov barchani samimiy muborakbod etgan.
Tadbir davomida Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tashkil topganining 75 yilligi munosabati bilan bir guruh xodimlar viloyat hokimligining "Faxriy yorlig‘i" hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Axborot xizmati