"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 331 oktabr – “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan O‘quv markazida “OKMKning eng yaxshi murabbiysi” kasb mahorat tanlovi o‘tkazildi.
Tanlov 2 bosqichda o‘tkazildi. 1-bosqichda ishtirokchilar “Agarda tarkibiy bo‘linma rahbari bo‘lsam” degan mavzuda yozma ish bajarishdi.
2-bosqichda ishtirokchilar o‘z kasblari haqida taqdimot o‘tkazishdi.
Tanlov yakunlariga ko‘ra, Ixtisoslashtirilgan ta'mirlash ishlari boshqarmasi sharafini himoya qilgan M.Rahimov “OKMKning eng yaxshi murabbiysi” deya e'tirof etildi.
Shuningdek, A.Abdujabborov(Mis eritish zavodi), A.Umarov(Sanoat temiryo‘l transport boshqarmasi), F.Kazanov(Qalmoqqir KB), S.Xamzayev(2-mis boyitish fabrikasi), B.Boyirov(Rux zavodi)lar turli nominasiyalar bo‘yicha taqdirlanishdi.
Tanlov g‘oliblariga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Almira Volkova,
Ijro apparati kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi