• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMKning Oqqo‘rg‘onliklarga istiqlol sovg‘asi

31 Avgust 2024, 15:22 1690

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati nafaqat ishlab chiqarish sohasida ilg‘or balki ijtimoiy sohani qo‘llab-quvvatlash borasida ham faolligi bilan ajralib turadi. Buni mamlakatimiz mustaqilligining 33 yilligi arafasida OKMK homiyligida Oqqo‘rg‘on tumani, “Eltamg‘ali” MFYda qurilgan bolalar bog‘chasi va turar joy binosi misolida ham ko‘rishimiz mumkin.

Ushbu obyektlarning tantanali ochilish marosimida OKMK rahbariyati, Oqqo‘rg‘on tumani hokimligi mas'ullari, mahalla faollari va jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirda ushbu obyektlarning foydalanishga topshirilishi ham Prezidentimiz boshchiligida mamlakatimizda inson qadri tamoyili asosida olib borilayotgan islohotlarning amaldagi ifodasi ekanligi ta'kidlandi.

Shuningdek, tadbir davomida mazkur obyektlarning qurilishida ishtirok etgan bir guruh bunyodkorlar, loyihachilar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Mahalla nuroniylari ishtirokida ramziy lenta qirqilib, har ikki bino rasman foydalanishga topshirildi.

Ushbu binolar qurilishi tugallanmagan bolalar bog‘chasi binosi o‘rnida qad rostladi. 2 qavatli binoda joylashgan bolalar bog‘chasi 80 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, bino to‘liq barcha jihozlar bilan ta'minlandi. Obyektning issiq va sovuq suv quvurlari, kanalizatsiya, issiqlik tizimlari yangilandi.

- OKMK homiyligida yangi qiyofaga keltirilgan 20-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida bolajonlar uchun barcha sharoitlar muhayyo etilgan. Ushbu bog‘chaning topshirilishi mahalla ahli uchun katta sovg‘a bo‘ldi. Bog‘chada sport, musiqa xonalari, oshxona, tibbiyot punktlari mavjud. “Ilk qadam” davlat dasturi bo‘yicha barcha zarur o‘quv qurollari bilan ta'minlandi. Fursatdan foydalanib, bolajonlarimizga mana shunday sharoitlar yaratib berayotgan davlatimiz rahbariga o‘z minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz, - deydi tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi mutaxassisi Nasiba Kamolova.

Bog‘chaning foydalanishga topshirilishi natijasida 25 ta yangi ish o‘rni ham yaratildi.

Shuningdek, 2 qavatli binoda 14 ta 2 xonali xonadonlar ham o‘z egalariga topshirildi. Ushbu xonadonlarda endilikda boquvchisini yo‘qotgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj 14 ta oila istiqomat qilishadi.

Yangi xonadon sohibasi, boquvchisini yo‘qotgan hamda 4 nafar farzandning onasi Go‘zal Abduholiqova o‘zining fikr-mulohazalarini bildirdi. - Turmush o‘rtog‘im avtohalokat tufayli vafot etgan. Sharoitim og‘irligi bois, uy-joyga muhtoj edim. Tuman hokimligiga uy so‘rab, qilgan murojaatim ijobiy hal etildi. Bugun barcha sharoitlarga ega yangi uyga ko‘chib o‘tdik. Biz kabi kam ta'minlangan oilalarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatib, yordam berayotgan Prezidentimizga ming rahmat.

40 yil davomida qurilishi tugallanmay turgan bog‘cha binosi 80 o‘rinli zamonaviy bog‘chaga hamda 14 ta 2 xonali turar joy majmuasiga aylantirildi.

Har ikki obyekt “Eltamg‘ali” mahallasi aholisi uchun kombinat tomonidan istiqlol ayyomiga tayyorlagan o‘ziga xos sovg‘a bo‘ldi.

OKMK Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech