Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Joriy yilning 4-aprel kuni Innovatsion rivojlanish agentligi va Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan davlat ilmiy dasturlari doirasida oʻtkazib kelinayotgan “Olima ayollar” ilmiy loyihalar tanlovi natijalari bo‘yicha jami 68 nafar tanlov g‘olibalari sovgʻa va sertifikatlar bilan taqdirlandi.
E’tiborlisi ushbu tanlovda OKMK Yoshlik-1 koni mis-molibden ma’danlarini boyitish boʻyicha yetakchi muhandisi, kimyo texnologiyalari PhD doktori Nargiza Atakulova ham ishtirok etib, gʻolib boʻldi.
Nargiza tanlovga “Texnogen chiqindilarni qayta ishlash texnologiyalrini ishlab chiqish” mavzusidagi loyihasini taqdim etgan.
Respublikamizda xotin-qizlarni ilm-fanga keng jalb qilish, fan-taʼlim va iqtisodiyotning turli tarmoq va sohalarida ilmiy faoliyat bilan shugʻullanayotgan xotin-qizlarning yangi gʻoya va ishlanmalarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish tanlovning asosiy maqsadi hisoblanadi.
Nargizani ushbu gʻalabasi bilan muborakbod etib qolamiz.
Axborot xizmati