"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Ma'lumki joriy yilning 14-16 noyabr kunlari poytaxtimizda “Innoweek-2024” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur haftalikda OKMKning ishlab chiqarish sohalariga oid innovatsion mahsulotlarining ko‘rgazmasi tashkil etildi. Tadbirda ishtirokchilar va mehmonlarga “Olmaliq KMK” AJ istiqbolli hamkor sifatida tanishtirildi va bu ularda katta qiziqish uyg‘otdi.
Haftalik davomida OKMK va Eron Respublikasining “Ayerma” Xalqaro tog‘-kon sanoati yo‘nalishida tadqiqotlar olib boruvchi kompaniyasi o‘rtasida muzokaralar o‘tkazildi. Muzokaralar davomida “Ayerma” kompaniyasi tomonidan boyitish jarayonlarida qo‘llaniladigan reagentlar namunalari laboratoriya sinovlari uchun taqdim etildi.
Ko‘rgazma doirasida “Olmaliq KMK” AJ Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qoshidagi Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan “Barqaror rivojlanish uchun innovatsiyalar” nominatsiyasi bo‘yicha taqdirlandi.
Ilm-fan va innovatsiyalar departamenti