• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati mehnat jamoasi umumxalq xayriya hasharida faol ishtirok etadi

10 Mart 2023, 14:36 585

Xabaringiz bor, Hukumat farmoyishiga asosan Navro‘z umumxalq bayramini munosib nishonlash hamda muborak Ramazon oyini qarshi olishga tayyorgarlik ko‘rish, mahallalar, aholi turar joylarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2023-yil 11-mart kuni “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida mamlakatimiz bo‘ylab umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi.

Ushbu umumxalq hayriya hasharida ko‘p mingsonli Olmaliq kon-metallurgiya kombinati mehnat jamoasi ham faol ishtirok etadi. Bu haqda OKMK boshqaruv raisi A.Xursanov “Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida xayriya hasharini o‘tkazish to‘g‘risida”gi buyruqqa imzo chekdi.

Buyruqqa ko‘ra, Olmaliq shahrida va kombinat tarkibiy bo‘linmalarida 2023-yil 11-mart kuni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish xayriya hasharini o‘tkazish bo‘yicha ishchi gurux tarkibi tasdiqlandi.

Buyruq asosida kombinat tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari Olmaliq shahrining biriktirilgan mahallalari, aholi punktlari, ko‘p qavatli uylar va unga tutash hududlar, bolalar maydonchalari, qabristonlar,ijtimoiy soha ob'yektlari (maktabgacha ta'lim muassasalari) va tarkibiy bo‘linmalar hududlarida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish xayriya hasharini o‘tkazishadi.

Shuningdek hashar davomida shahrimizning A.Temur markaziy ko‘chasiga, tarkibiy bo‘linmalar hududlaridagi daraxtlar va bordyurlar oqlanib, daraxtlarga shakl beriladi hamda hududlarga gul ko‘chatlari ekiladi.

Tarkibiy bo‘linmalar tomonidan ekilgan va biriktirilgan daraxt ko‘chatlariga agrotexnik ishlov berilib, doimiy ravishda sug‘orish ishlari tashkillashtirilishi belgilandi.

Bir so‘z bilan aytganda umumxalq hasharida kombinat ishchi-xodimlari uyushqoqlik bilan faol tarzda qatnashishadi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech