• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati olti oylikni 4,0 trln so‘m foyda bilan yakunladi.

06 Iyul 2022, 10:31 2386

OKMK 2022 yilning birinchi yarim yilligida 16,5 trln so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarib, prognoz ko‘rsatkichini 120,4 foizga bajardi.

Byudjetga to‘lovlar 7,3 trln so‘mni tashkil etdi va biznes reja 199,7 %ga bajarildi.

Kombinat olti oylikni 4,0 trln so‘m sof foyda bilan yakunladi. O‘sish su'rati 2021 yilning shu davriga nisbatan 145,7 foizni tashkil etdi.

Hisobot davrida eksport hajmi 543,9 mln.dollarni tashkil etdi va prognoz 138,2 foizga bajarildi. Eksportning o‘sish su'rati 2017 yilning mos davriga nisbatan 264,0 foizni tashkil etdi.

Hisobot davrida mis ishlab chiqarish hajmi 58 625 tonnani tashkil etib, 2017 yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur'ati 135,0 %, oltin 117,4 %, kumush 147,0 %, rux -112,5 %, oltingugurt kislotasi 125,3 %, portlandsement 196,6 % tashkil qildi.

Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida investisiyaviy dasturlar ham samarali amalga oshirib kelinmoqda.

Investisiya dasturiga kirgan loyihalar bo‘yicha 139,5 mln dollarlik investisiyalar o‘zlashtirildi. Investisiyalarning o‘sish sur'ati 2017 yilga nisbatan 3,7 baravarga oshdi.

Shuningdek, mahalliylashtirish dasturi ham kombinatda muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.

Dasturdagi 92 ta loyiha doirasida 139,1 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilib, prognoz 125,5 foizni tashkil etmoqda. Bu 2017 yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur'ati 15,6 baravarga oshirilganini ko‘rsatmoqda.

Ta'kidlash joizki, boshqaruv jarayonlarini oqilona yurgizishda qo‘llaniladigan barcha kuch va vositalarni to‘g‘ri yo‘naltirilishi erishilgan yutuqlarning bosh omilidir.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech