• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida qayta tiklanuvchi energiya manbalari keng joriy etilmoqda

03 Iyul 2024, 9:0 685

Ma'lumki, so‘nggi yillarda mamlakatimizda energiyaning qayta tiklanadigan ekologik toza manbalari — quyosh va shamol quvvatidan foydalanishga katta e'tibor qaratib kelinmoqda. 

Jumladan Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida ham energiya barqarorligini ta'minlash, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish borasida dadil qadamlar tashlandi va salmoqli natijalarga erishilmoqda. Buni hozirda kombinatning 50 dan ortiq tarkibiy bo‘linmalar va ijtimoiy soha obyektlarida jami 10 megavatt quvvatli A klass toifadagi quyosh panellari o‘rnatilganligi ham ko‘rsatmoqda. Ularda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasi kombinat ichki ehtiyojini qondirishga yo‘naltirilib, foydali ish koeffisiyenti 21,3 foizni tashkil etmoqda.

Ma'lumot uchun: ishlab chiqarish obyektlarida – 8 062 kVt, ijtimoiy sohada – 979 kVt, Toshkent viloyatida – 7 811 kVt, Samarqand (Ingichka koni) – 345 kVt, Namangan – 375 kVt, Surxondaryo – 510 kVt quvvatli quyosh elektr stansiyalari oʻrnatilgan.

Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar o‘z samarasini ko‘rsatmoqda.

Yanvar-iyun oylarida qariyb 1 mln kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi yoki 300 ming kub.m tabiiy gaz sarfining oldi olindi. Yil yakuniga qadar yana 1,6 mln kilovatt-soat (jami 2,6 mln kilovatt-soat) ishlab chiqarilib, jami tabiiy gaz iqtisodi 1 mln kub metrga yetkaziladi.

OKMK Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech