• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Oltin saralash fabrikasi: ijro intizomi + fidoyilik = yuqori natija

18 Fevral 2022, 12:9 923

Chodak kon boshqarmasi tarkibidagi Oltin saralash fabrikasi yiliga 187 ming tonna oltin tarkibli rudani qayta ishlash quvvatiga ega. Shundan 12 ming tonnasi Kovuldi koni rudalari bo‘lsa 175 ming tonnasi esa Pirmirob va Guzaksoy konlarining oltin tarkibli rudalaridir.

2021-yilni fabrika mehnat jamoasi samarali yakunladi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Jumladan, rudani qayta ishlash rejasi 106,2%ga, rudadagi metallni ajratib olish bo‘yicha 1-metall rejasi 100%ga, 2-metall rejasi esa 108,5%ga bajarildi.

1-metall olish rejasi 100,3%ga, 2-metall rejasi esa 116,6%ga bajarildi. 2021-yilning yanvar oyida barcha ishlab chiqarish bashorat ko‘rsatkichlari rejasi oshig‘i bilan ado etildi.

Fabrika direktori Ahmadjon Abdulaxmetovning ma'lumotiga ko‘ra, fabrikada texnologik ishlab chiqarish rejimini barqarorligini ta'minlash maqsadida bir qator ta'mir ishlari amalga oshirildi. Xususan, Ixtisoslashtirilgan ta'mirlash ishlari boshqarmasi tomonidan  asosan ramali vakuum fil'tr voronkalari, metall konstruksiyalari qisman almashtirildi.

Cho‘ktirish bo‘limidagi tindirgichlar metallkonstruksiyasining 1tasi kapital, 1 tasi qisman yangilandi.

Yana bir muhim ahamiyatga molik jihat 2021 yilda yangi tarozixona qurilishi boshlangan edi. Yaqin kunlarda ushbu zamonaviy rudalarni tortadigan tarozixona foydalanishga topshiriladi. Ushbu tarozixona elektron tarozi bilan jihozlanib, 60 tonna rudani tortish quvvatiga ega. Avval eski tipdagi 30 tonna yukni tortadigan tarozi yordamida fabrika keltiriladigan rudalar tortilardi.

Shuningdek, Reagent bo‘limining sianli eritmasi uchun mo‘ljallangan idishlarni yangilash rejlashtirilmoqda.

Har qanday mehnat jamoasida ishchi-xodimlarga yaratilgan qulay sharoitlar albatta, ish unumdorligini oshirishi shubhasiz. Fabrikada 2021-yilda ishchilar oshxonasi hamda yuvinish xonalari to‘liq ta'mirdan chiqarilib, qulay mehnat sharoitlari yaratildi.  Bu kabi ishlar 2022-yilda ham bardavomlik kasb etib, Reagent hamda Suvni qayta ishlash bo‘limlarining yuvinish va yechinish xonalari to‘liq ta'mirlanishi ko‘zda tutilgan. Fabrika chilangar va elektrchilangarlari ish taqsimlash xonalari ham yaqin kunlarda zamonaviy ko‘rinishga keltiriladi.

Bir so‘z bilan aytganda fabrika mehnat jamoasi belgilangan vazifalarni bajarishda texnologik ishlab chiqarish rejimiga qat'iy amal qilib kelmoqda.

Sherzod Tilovberdiyev,

Veb muharrir

Bo`lishmoq:
Text to speech