Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Bugungi kunda Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida ishlab chiqarish va biznes-jarayonlari samaradorligini oshirishga qaratilgan “Raqamli OKMK-2030” konsepsiyasi doirasida axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha 50dan oshiq loyihalar amalga oshirilmoqda.
Shuni alohida ta'kidlash joizki bu ishlar tizimlarni joriy etish bo‘yicha katta tajribaga ega bo‘lgan xalqaro kompaniyalar va mutaxassislar bilan hamkorlikda bajarilayapti.
Sohada hamkorlikda samarali ishlar amalga oshirilgan holda 10 dan ortiq hamkorlik memorandumlari imzolangan.
Jumladan, “OmegAlliance” kompaniyalar guruhi tomonidan kombinat tarkibiy bo‘linmalarida ishlab chiqarish tizimini joriy etishda raqamlashtirish darajasini va tayyorgarligini aniqlash uchun bir qator tadqiqotlar o‘tkazildi.
OKMK rahbariyati va mutaxassislari hamda ushbu kompaniya vakillari o‘rtasida tashkil etilgan uchrashuvda raqamlashtirish va ishlab chiqarish tizimi bo‘yicha yo‘l xaritasi taqdimoti o‘tkazildi.
Unda MES-Manufacturing Execution System – ishlab chiqarish boshqaruv tizimi hamda LIMS- Laboratory Information Management System – laboratoriya ma'lumotlarini boshqarish tizimining xususiyatlari namoyish etildi.
Ma'lumot o‘rnida aytish mumkinki, “OmegAlliance” ishlab chiqarish va operatsion menejment sohasidagi konsalting kompaniyalari guruhi sanaladi.
Axborot xizmati