Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Hozirda muhandislik maktabida Mis boyitish fabrikasining ishlab chiqarishni avtomatlashtirish xizmati xodimlari qayta tayyorlanmoqda. Ushbu o‘quv dasturining maqsadi kasbiy bilimlarni yangilash va avtomatlashtirilgan texnologiyalar sohasida zamonaviy ish usullarini o‘zlashtirishdir.
O‘quv dasturi bir qator nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni o‘z ichiga oladi. Xodimlar jarayonlarni kuzatish va boshqarishning yangi usullarini o‘rganadilar, shuningdek, asboblarni sozlash va kontrollerlarni dasturlash bo‘yicha maxsus kurslarda qatnashadilar.
O‘quv mashg‘ulotlarida resurslardan samarali foydalanish va uskunalarning xavfsiz ishlashini ta'minlash masalalariga alohida e'tibor qaratilmoqda. Trening avtomatlashtirish muhandisligii sohasida chuqur bilimga ega bo‘lgan tajribali o‘qituvchilar ishtirokida tashkil etilgan. Bundan tashqari, mashg‘ulotlarda kombinatning turli bo‘limlari vakillari ishtirok etishmoqda. Ular o‘zlarining boy tajribalari bilan o‘rtoqlashadilar.
Bunday tadbirlar nafaqat xodimlarning shaxsiy o‘sishiga, balki umuman MBFda ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga yordam beradi. Kurslarni tugatgandan so‘ng, ishtirokchilar yangi texnologiyalarni joriy etishni va ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirishni boshlaydilar.
Olingan bilim va ko‘nikmalar ularning ishini sezilarli darajada osonlashtiradi, muammolarni tezroq va samaraliroq hal qilishga imkon beradi.
Axborot xizmati