• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

O‘quv kursi yakunlanib, sertifikatlar topshirildi

07 Yanvar 2022, 16:50 1228

Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining 5 nafar xodimi uchun atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etilgan edi. Kuni kecha ushbu o‘quv kurslarini tamomlagan tinglovchilarga O‘quv markazida sertifikatlar topshirildi.

1,5 oy davom etgan o‘quv kurslari onlayn tarzda o‘tkazildi. Darslar O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasining atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi faoliyat bilan shug‘ullanuvchi xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi mutaxassislari tomonidan olib borildi.

Atrof-muhitni muhofaza qilish kurslari 72 akademik soat davom etdi.

Natal'ya Tatienko: Markaziy tahlil laboratoriyasining tadqiqotlar va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limi xodimi, tinglovchi: Sir emas so‘nggi vaqtlarda mintaqamizda ekologiya va atrof-muhit masalalariga katta e'tibor qaratilmoqda. Shu bois mazkur o‘quv kurslari OKMKda tashkil etildi. Biz ishlab chiqarishdan ajralmagan holda masofiy tarzda o‘quv kurslarida ishtirok etdik. Mashg‘ulotlar mobaynida atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha bilimlarimizni boyitdik. O‘ylaymanki olgan bilimlarimizni faoliyatimiz davomida qo‘llaymiz.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech