• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Oshxonalar faoliyati doimiy e'tiborda

25 Oktyabr 2023, 10:45 793

Ma'lumki, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati ishchi-xodimlariga xizmat qiluvchi oshxonalar faoliyati muntazam ravishda nazorat qilib boriladi. Natijada har bir oshxona ishchi-xodimlarga sifatli xizmat ko‘rsatishga harakat qiladi.

Joriy yilning 20-24 oktabr kunlari Ijtimoiy bo‘lim, OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi, Yoshlar ittifoqi mas'ullaridan iborat ishchi guruh tomonidan bir qator oshxonalarda o‘rganish ishlari olib borildi.

Jumladan, Texnologik transport boshqarmasi, Qalmoqqir kon boshqarmasi, Markaziy ta'mirlash mexanika zavodi, Rux zavodi, “Olmaliqmetallurgqurilish” tresti, Loyiha ishlari boshqarmasi, Kapital qurilish boshqarmasi kabi tarkibiy bo‘linmalarga xizmat qiluvchi oshxonalarning faoliyati o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida, oziq-ovqat mahsulotlarining saqlanish holati, idish-tovoqlarning butligi, tayyorlanayotgan ovqatlarning sifati va taomnomaga mosligi tekshirildi.

Shuningdek, oshxonalarning sanitar holati, jihozlarning yetarli tarzda ta'minlanganligiga ham e'tibor qaratildi.

O‘rganishlar davomida oshxonalarning faoliyati hamda tayyorlanayotgan taomlarning sifati bo‘yicha ishchi-xodimlar bilan suhbatlar o‘tkazildi. O‘tkazilgan suhbatlar natijalariga ko‘ra, oshxonalarga ishchi-xodimlar tomonidan e'tirozlar bo‘lmadi.

Bu kabi o‘rganishlar davom etadi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech