• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Qalmoqqir KBda mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi boyicha sarhisob

06 Fevral 2024, 10:51 563

Ishlab chiqarish jarayonlarida xodimlar uchun xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish va ularning xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilgan holda faoliyat olib borishini nazorat qilish "Olmaliq KMK" AJ uchun har doim ustuvor vazifalardan biri boʻlib kelgan.

Bu borada bajarilgan ishlar va kelgusidagi rejalarni aniqlab olish maqsadida Qalmoqqir kon boshqarmasi mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi boʻlimi tomonidan yil sarhisobi yig'ilishi oʻtkazildi.

Unda "Olmaliq KMK" AJ Ijro apparati MM va SX boʻyicha muhandisi Doniyor Kurbanbayev, Qalmoqqir KB bosh muhandisi v.v.b Ilhom Pulatov, Qalmoqqir KB bosh muhandisining MM va XT boʻyicha oʻrinbosari Sherali Jurayev va kon boshqarmasi boʻlinmalari rahbarlari ishtirok etishdi.

Tanqidiy ruhda oʻtkazilgan yigilishda Sh.Jurayev tomonidan yil davomida yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklar, ishchilarda yoʻnalish boʻyicha yuzaga kelayotgan muammolar atroflicha oʻrganib chiqildi va kelgusi yilda ularga samarali yechim topish boʻyicha chora-tadbirlar belgilab olindi.

Tadbir soʻngida 2023-yil davomida soha boʻyicha samarali ish faoliyatini olib borgan ishchi-xodimlar korxona Kasaba uyushmasi qoʻmitasi tomonidan ragʻbatlantirildi.

X. Abdullayev,

Qalmoqqir KB direktorining yoshlar masalalari boʻyicha yordamchisi

Bo`lishmoq:
Text to speech