• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Ota-ona har bir inson uchun mo‘'tabar

28 Oktyabr 2022, 10:53 1869

Joriy yilning 27-oktabr kuni OKMK Ijtimoiy obyektlar boshqarmasi yoshlar ittifoqi va Kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan hamkorlikda Ijtimoiy obyektlar boshqarmasi tarkibiy bo‘linmalarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar bilan 34-MTTda "Ota-onaga izzat va hurmat, oilaga sadoqat va g‘amxo‘rlik inson ma'naviyatining yuksak ifodasi" mavzusida Ramazoni sharif jom’e masjidi imom hatibining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha yordamchisi Iroda Nazirqulova bilan davra suhbati o‘tkazildi.

Farzand zimmasida, ayniqsa, ota-onaning haqqi ulug‘dir. Chunki ona farzandini to‘qqiz oy qornida ko‘tarib yuradi, tug‘ilgach, bor mehri, kuch-quvvatini bag‘ishlab, uni boqadi, kechalari necha bor bedor bo‘lib, taomlantiradi, oq yuvib, oq taraydi, shodligida sevinadi, g‘amga botsa, baravar qayg‘uradi, qo‘ying-chi, butun borlig‘ini farzandiga baxshida qiladi. Shunday bo‘lgach, farzand bir umr ham ona haqqini ado qilaolmaydi. O‘z o‘rnida otalarimiz zuriyodlarilari xoh o‘zining qaramog‘ida bo‘lsin, xoh boshqa joyda bo‘lsin, ularni oziq-ovqat, kiyim-kechak, ta'lim-tarbiya, davolanish va boshpanaga bo‘lgan ehtiyojini o‘zining imkoniyatiga qarab ta'minlash kabi zimmasidagi farzandlar nafaqasini ta'minlab kelishgan. Bir kuni kelib kechagina navqironlik va baquvvatlikdan masrur yurgan ota-onalarimiz keksayib, qaddi dol bo‘ladi. Farzandlar pirubadavlatlariga chiroyli muomala qilishlari, qo‘llaridan kelganicha yordam berishlari kerak bo‘ladi. Solih ajdodlarimiz otalarga hurmat ehtirom ko‘rsatishda, ularni rozi qilib, farzandlik burchla¬rini sharaf bilan o‘tashda avlodlarga ibrat va namuna bo‘lishgan. Umar ibn Zar (r.h) aytadi: "Agar kunduzi yursam, o‘g‘lim odob yuzasidan ortimda kelar, kechasi esa menga biron ozor yetishidan qo‘rqib oldimda borar, mendan yuqorida bo‘lmaslik uchun hatto men turgan uy tomiga ham chiqmas edi"

Suhbat davomida ota-onaga hurmat, ota-onalik maqomi, farzandning ota-ona oldidagi burchi, ota-onaning farzand oldidagi  yuksak mas'uliyati va vazifalari hayotiy misollar bilan tushuntirildi. Tadbir so‘ngida mazkur yo‘nalishda olib borilishi zarur bo‘ladigan vazifalar xususida kelishib olinib bu kabi ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarni  yana ham keng qamrovda o‘tkazib borish  zarurligi ta'kidlandi.

Alisher Usmonov,

IOB Yoshlar ittifoqi raisi

Bo`lishmoq:
Text to speech