• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

“O‘tkir ko‘z” yuqori samaradorlikni ta'minlaydi

02 Mart 2022, 9:41 1217

Sanoat korxonalarida ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish yuqori samaradorlikka erishishni ta'minlaydi. Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida umumiy qiymati 357,5 mln. AQSh dollari bo‘lgan “OKMK asosiy ishlab chiqarish quvvatlarini rekonstruksiya qilish va barqarorlashtirish” dasturi amalga oshirilmoqda. Dastur doirasida kombinatning Mis boyitish fabrikasi uchun modernizatsiya ishlariga 179,4 million AQSh dollari miqdoridagi mablag‘ yo‘naltiriladi.

Dasturga muvofiq, fabrikaning Maydalash va yanchish bo‘limlarida maydalagichlar, g‘alvirlar to‘liq almashtirilib, rudani qayta ishlashda birlamchi ko‘zlangan natijalarga erishildi.

MBF texnik ishlab chiqarish bo‘limi yetakchi muhandisi Shahzod Yuldashevning ma'lum qilishicha, Yanchish va flotasiyalash sexida yangi, yiliga 4 mln tonna qayta ishlangan ma'danlarni boyitish kuvvatiga ega 7-sonli monoseksiya qurilayapti. Hozirda asosiy texnologik uskunalarni montaj kilish ishlari amalga oshirilmoqda. Ushbu monoseksiya 2022-yil 31-mart kuni ishga tushirilishi rejalashtirilgan.  Monoseksiyaga yangi flotokameralar olib kelingan. Flotatsiya jarayoni 21 daqiqadan 25 daqiqaga uzayib, mahsulot olish unumdorligi oshadi. Bundan tashqari, 2022-yilda to‘liq ishga tushishi rejalashtirilgan 5-sonli flotasion monoseksiyani kengaytirish ishlari ham jadallik bilan olib borilmoqda. Hozirda yer tayyorlash ishlari bajarilayapti. Barcha zarur texnologik uskunalar keltirilbi, pudratchi tashkilotlar jalb qilingan.

Dastur doirasida MBF Yanchish va flotasiya sexining 7-monoseksiyasida eng zamonaviy avtomatlashtirilgan uskunalar jamlanmoqda. Xususan, O‘zbekistonda yagona bo‘lgan “zorkiy glaz”, ya'ni “o‘tkir ko‘z” deb nomlangan yangi uskuna o‘rnatilmoqda. Bu uskuna flotatorlar ishtirokisiz, maxsus o‘rnatilgan kameralar orqali flotatsiya jarayonlarini nazorat qilish imkonini beradi. Flotatsiya jarayonlarida hosil bo‘lgan pufakchalarning rangiga, o‘lchamiga qarab, flotamashinaning o‘zi kerakli choralarni ko‘radi. Masalan, ozroq reagent qo‘shishi mumkin yoki bo‘lmasa flotakamera ichidagi bo‘tananing miqdorini kamaytirishi yoxud ko‘paytirishi mumkin. Bu esa texnologik jarayonda reagentlarni rasional ishlatish, ma'danlar orasidan misni ajratib olish bo‘yicha yuqori samaradorlikka erishish imkonini beradi.

Shuningdek, Mis-molibden konsentratlarini saralash va quritish sexida yangi quyiltirgichlar qurilayapti. 4 dona yangi zamonaviy turdagi quyultirgichning afzalliklari shundaki, to‘liq avtomatlashtirilgan, quyuq cho‘kindini aralashtiruvchi uskuna(ferma)si markaziy yuritgichdan harakatga keltiriladi va ushbu aralashtiruvchi uskuna x ordinata o‘qi bo‘ylab harakatlana oladi. Natijada quyultirish jarayonidan keyingi filtrlash jarayoni uchun belgilangan namlik ko‘rsatkichi bir me'yorda uzluksiz bajarilib, ish unumdorligi 30%ga oshadi. Bu quyultirgichlar 2022-yilning oxirigacha foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, С-28 quyiltirgichini rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshiriladi.

Olib borilayotgan modernizasiya ishlari mazkur korxonaga yuklatilgan 37 mln 500 ming tonna rudani qayta ishlash vazifasini hamda rudadan misni ajratib olish darajasini 86,71%ga yetkazishda va boshqa metallar bo‘yicha qo‘yilayotgan talablarni sifatli bajarish imkonini beradi.

 Sherzod Tilovberdiyev,

Veb muharrir

Bo`lishmoq:
Text to speech