"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, taniqli yozuvchi va dramaturg Nasrulla Qobil qalamiga mansub “O‘tkir tishli kuchukcha” nomli pyesa “Metallurg” MSda ilk bor sahnalashtirildi.
Bolalar uchun mo‘ljallangan bu asar OKMK tasarrufidagi maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari uchun namoyish etildi.
Mazkur spektakl O‘zbekiston xalq ijodiyotining yorqin namunalarini bolajonlarga yetkazish, ularni badiiy-estetik tarbiyalash maqsadida “Metallurg” madaniyat saroyida, qo‘g‘irchoq teatri shaklida sahnaga qo‘yildi. Rejissyorlik ishini “Metallurg” MS rejissyori Rajabboy Abdurazoqqov olib bordi. Sahnada esa madaniyat saroyi qoshida faoliyat yuritayotgan “Rajabboy” teatr studiyasi a’zolari hamda “Kamalak” bolalar drama to‘garagi o‘quvchilari ishtirok etishdi.
Asarda 12 ta personaj gavdalantirildi, har biri alohida xarakter va o‘ziga xos obrazlar orqali kichkintoy tomoshabinlar qalbiga yo‘l topdi.
E’tiborlisi shundaki, qo‘g‘irchoq teatri asari birinchi bor kombinat va shahar miqyosida sahnalashtirildi. Tomosha davomida kichkintoylar faol ishtirok etib, spektakl voqealariga jonli javob qaytarishdi — bu esa asarning muvaffaqiyatli chiqishidan dalolat beradi.
Mazkur sahna asari orqali yosh tomoshabinlarda hayvonot olamiga mehr uyg’otib, ularda do‘stlik, halollik, jasorat kabi insoniy fazilatlarni shakllantirishga xizmat qiladi.
“Rajabboy” teatr studiyasi va “Kamalak” drama to‘garagi o‘quvchilarining bunday muvaffaqiyatli chiqishi yosh ijodkorlar uchun katta sahnaga yo‘l ochuvchi muhim qadamlardan biridir desak ham adashmagan bo‘lamiz.
Zahiriddin Maxmutaliyev,
“Metallurg” MS direktori