"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33"O‘zbekiston Respublikasi konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni munosabati bilan "Olmaliq KMK" AJ Rux zavodi sexlarida kuydiruvchi sifatida mehnat qilayotgan kasb egalari o‘rtasida “O‘z kasbining mohir ustasi” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.
Ko‘rik-tanlov nizomiga asoslanib o‘tkazilgan tadbirda ishchilarning amaliy ko‘nikmalari, bilimi yana bir bor sinovdan o‘tkazildi. Kasb mahorati, mehnat xavfsizligi va ishlab chiqarish jarayoniga taalluqli bo‘lgan hujjatlar bilan ishlash ishtirokchilardan talab etildi.
Vel'selash sexi kuydiruvchisi Bekzod Ergashev “O‘z kasbining mohir ustasi” deya e'tirof etildi.
2-o‘rinni kuydirish sexi kuydiruvchisi Lazizbek Shuhratov egalladi.
Velselash sexi kuydiruvchisi Odiljon Hasanov esa uchinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi.
G‘oliblar "Olmaliq KMK" AJ xodimlari kasaba uyushmasi Kengashining diplomi va pul mukofati bilan taqdirlanishdi.
D. Yunusov,
Rux zavodi kasaba uyushmasi qo'mitasi raisi