"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Joriy yilning 2-oktyabr kuni Rux zavodi sexlaridagi apparatchilarning malaka va bilimlarini sinovdan o'tkazish, kasbiga bo'lgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida, 2025-yil ish rejasiga asosan kasaba uyushmasi qo'mitasi hamda Yoshlar ittifoqi tomonidan "O'z kasbining mohir ustasi" nomli kasb-mahorat tanlovi o'tkazildi.
Ushbu tanlov 2 bosqichda ya'ni amaliy va nazariy (savollarga yozma javob yozish va og'zaki tushuntirib berish) bosqichlarida olib borildi.
Tanlov natijalariga ko'ra, 1-o'rinni Tanlab eritish sexi apparatchisi Abdulqosim Ikromov egallab, "O'z kasbining mohir ustasi", deya eʻtirof etildi.
2-o'rin Kadmiy sexi apparatchisi Aziza Usanovaga nasib etdi.
3-o'rinni Tanlab eritish sexi apparatchisi Sadriddin Musurmonov qo'lga kiritdi.
Tanlov g'oliblari OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi tomonidan ajratilgan esdalik sovg'alari bilan rag'batlantirildi.
Aznaur Abdurashidov,
Rux zavodi yoshlar ittifoqi raisi