"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Mamlakatimizda kunlar isishi bilan dalalarda ham ishlar qiziydi. Ayniqsa, dehqonlar uchun har bir kun muhim sanaladi. Sababi, dala maydonlariga ekilgan qishloq xo‘jaligi ekinlariga o‘z vaqtida zarur bo‘lgan agrotexnik ishlovlarni berish kelgusida yuqori hosildorlikni ta'minlaydi.
Ushbu omillarni hisobga olgan Iste'mol mollari ishlab chiqarish boshqarmasining Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va yem-xashak tayyorlash uchastkasi ishchi-xodimlari tomonidan ekilgan bug‘doy maydonlarida karbamid mineral o‘g‘itini berish ishlari amalga oshirilayapti.
Kombinat dehqonlari tomonidan 600 gektar yerga bug‘doy ekilgan bo‘lib, shundan 300 gektari Ohongaron tumanida, 300 gektari Piskent tumanida joylashgan dala maydonlaridir.
Agrotexnik tadbirlar joriy yilning 1-fevralidan boshlandi. Mazkur tadbirlarga IMIChBning barcha texnikalari va uchastka xodimlari dalb etilgan.
Joriy yilda dala maydonlariga serhosil bug‘doy navlari bo‘lgan “Antonino”, “Aleksey” va “Vasta” navlari ekilgan. Ushbu bug‘doy navlaridan 2024-yil hosili uchun urug‘lik ham Piskent tumani dala maydonida yetishtirilayotgan bug‘doydan olinishi rejalashtirilmoqda.
Abduvohid Shodiyev,
IMIChB boshlig‘i o‘rinbosari