"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida raqamlashtirish borasidagi amalga oshirilayotgan ishlarga mamlakatimizdagi boshqa korxonalar ham katta qiziqish bildirishmoqda.
Jumladan, joriy yilning 6-noyabr kuni kombinatga tashrif buyurgan “Oʻzbek geologiya qidiruv” АJ vakillariga raqamlashtirish boʻyicha OKMKda amalga oshirilayotgan ishlar boʻyicha batafsil maʼlumotlar berildi.
Shuningdek, ikki tomonlama uchrashuv davomida mehmonlar kombinatning geologiya qidiruv sohasidagi raqamlashtirish borasida qoʻllanilayotgan texnologiyalar bilan tanishishdi. Xususan, mehmonlarga maʼlumotlarni yigʻish, qayta ishlash, saqlash va vizualizatsiya(Geolims, Datamains), omborxonalardagi zahiralarni, xaridlarni va logistikani boshqarishdagi yondashuvlar, avtomatlashtirishda IT yechimlar, kadrlar hisoboti mexanizmlari, personalni oʻqitish va ragʻbatlantirish boʻyicha qilingan ishlar tanishtirildi.
Ikki tomonlama uchrashuv davomida Аxborot kommunkatsion texnologiyalar doirasidagi oʻzaro tajriba almashildi. Kelgusida ushbu yoʻnalish boʻyicha hamkorlik qilish yuzasidan kelishib olindi.
Axborot xizmati