• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

“O‘zavtosanoat” AJ xodimlari OKMKda amaliyot o‘tashayapti

01 Dekabr 2022, 8:51 823

Mamlakatimizda avtosanoatni rivojlantirish borasida ma'lum chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Buning uchun Vazirlar Mahkamasining tegishlar qarorlari va yo‘l xaritalari qabul qilinayapti. Ushbu davlat miqyosidagi topshiriqlarning ijrosini ta'minlash maqsadida “O‘zavtosanoat” AJ tizimiga kiruvchi yangi zavod va ishlab chiqarish korxonalarini malakali mutaxassislar bilan to‘ldirish maqsadida sanoat korxonalariga hukumatimiz tomonidan qator topshiriqlar berilgan. Jumladan, Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga ham mana shunday topshiriq va vazifalar yuklatilgan. Ushbu vazifalarni ijrosini ta'minlash maqsadida “O‘zavtosanoat” AJ tizimiga kiruvchi zavodning mutaxassislari ayni kunlarda Markaziy ta'mirlash mexanika zavodida stajirovka o‘tashmoqda.

7ta yo‘nalishdan iborat kasblar bo‘yicha zavodning malakali va ish tajribasi ko‘p bo‘lgan mutaxassislariga biriktirilgan yosh mutaxassislar o‘z kasblarining sir-asrorlarini o‘rganishayapti.

Stajirovka o‘tayotgan mutaxassislar uchun zavod ichki mehnat tartib qoidalariga, mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasiga rioya qilingan holda ish kunlari tashkil etilgan.

Biriktirilgan ustozlarning ko‘rsatmalariga amal qilgan holda yosh mutaxassislar amaliyot o‘tashayapti.

Kombinatda amaliyot o‘tayotgan yosh mutaxassislarga o‘z kasbiy ko‘nikmalarini oshirishlari asqotishi shubhasiz.

G‘ayrat Salimboyev,

O‘quv markazi katta ustasi

Bo`lishmoq:
Text to speech