• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

“O‘zbegim mard yigitlari-2023”

13 Fevral 2023, 13:47 1272

OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi tomonidan kombinat tarkibiy bo‘linmalarida mehnat qilayotgan ishchi-xodimlar o‘rtasida “O‘zbegim mard yigitlari-2023” ko‘rik tanlovi tashkil etildi.

"Vatan himoyachilari" kuni munosabati bilan tashkil etilgan ko‘rik-tanlovni o‘tkazishdan asosiy maqsad, yoshlarning ma'naviy dunyoqarashida ma'nan yetuklik, vijdonan poklik, ilmiy zukkolik hislatlarini tarbiyalash, OKMK ishchi yigitlari o‘rtasida eng qobiliyatli, jismonan baquvvat, idrokli, ijodkor va zukko yoshlarni yuzaga chiqarish.

Ko‘rik-tanlov kombinati bo‘linma va sexlarida faoliyat yuritayotgan 18-30 yoshgacha bo‘lgan yigitlar o‘rtasida 2 bosqichda o‘tkazildi.

Kurik-tanlovning saralash bosqichida ishtirokchilar kasb mahorati yoki ijodiy qobiliyatini namoyish etishi lozim bo‘ldi.

Sport shartida esa ishtirokchilar jismoniy tayyorgarliklarini sinovdan o‘tkazishdi.

Tanlovning asosiy bosqichida ishtirokchilar "Improvizatsiya"- bu shartida berilgan holatdan (improvizasiya qilib) vaziyatdan chiqishi kerak bo‘ldi.

"Sport musobaqasi" shartida yigitlarning jismoniy qobiliyati sinaldi.

Qiziqarli savol javoblar shartida esa har bir ishtirokchiga 3 tadan qiziqarli, mantiqiy savol berildi.

"Parodiya" shartida esa ishtirokchilar o‘zbek va jahon estrada yulduzlaridan o‘zlari istgan bir san'atkorning qo‘shig‘iga taqlid qilib, sahna ko‘rinishini jamoaviy bo‘lib namoyish etishdi.

Tanlov yakunlariga ko‘ra, Mis boyitish fabrikasi sharafini himoya qilgan elektr payvandlovchi Davronbek Qo‘chqorov “Eng ziyrak”, Kovuldi koni vakili Adhamjon Qurbonov “Eng iste'dodli” nominatsiyasiga loyiq ko‘rildi.

Shuningdek, Ixtisoslashtirilgan ta'mirlash ishlari boshqarmasi vakili Sanjar Boltayev “Eng quvnoq”,  Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati o‘qchisi Ulug‘bek Yo‘ldoshev “Eng jasur”, Markaziy tahlil laboratoriyasidan Abdujabbor Ibrohimov esa “Eng mahoratli”, Issiqlik elektr markazi vakili Shohrux Mamayusupov “Eng chaqqon” nominatsiyasining nominantlari bo‘lishdi.

Sanoat temiryo‘l transport boshqarmasi mashinist yordamchisi Shahzod Ismoilov esa “O‘zbegim mard yigiti-2023” nominatsiyasi g‘olibi deya e'tirof etildi.

Tanlov g‘oliblariga qimmatbaho sovg‘alari tuhfa etildi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech