Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Joriy yilning 19-fevral kuni “Metallurg” madaniyat saroyida an'anaviy “O‘zbegim mard yigitlari-2024” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Ko‘rik-tanlovda kombinat tarkibiy bo‘linmalarida mehnat qilayotgan ishchi-xodimlar ishtirok etishdi.
Jumladan, tanlovda Fazliddin Hasanov(Kovuldi koni Yer osti uchastkasi kon ishchisi), Azizbek Abdumalikov (Markaziy ta'mirlash-mexanika zavodi dizayneri), Nodirbek Abduvaliyev(Mis boyitish fabrikasi payvandlovchisi), Ozodbek Chinnibekov(Ijtimoiy ob'yektlar boshqarmasi 28-son maktabgacha ta'lim muassasasi musiqa rahbari), Elshod Imomnazarov(Angren kon boshqarmasi “Razvedochnaya” koni elektr chilangari), Ilxom Tursunboyev(Qalmoqqir kon boshqarmasi navbatchi elektr chilangari)lar o‘z mehnat jamoalari sharafini munosib himoya qilishdi.
Ishtirokchilar tanlovning 1-shartida sport sohasidagi mahoratlarini sinovdan o‘tkazishdi.
“Mehribonim onam”, turli xil multfilarga ovoz berish, erkin mavzu kabi shartlar bo‘yicha ham bellashdilar.
Tanlov natijalariga ko‘ra, Elshod Imomnazarov “Eng iste'dodli” nominatsiyasiga loyiq ko‘rildi. “Eng quvnoq”, deya Ozodbek Chinnibekov topildi. “Eng jasur” nominatsiyasiga Fazliddin Hasanov munosib ko‘rildi. “Eng mahoratli” nominasiyasi nominanti Azizbek Abdumalikov bo‘ldi.
Ilxom Tursunboyev esa “Eng ziyrak” nominatsiyasiga sazovor bo‘ldi.
“O‘zbegim mard yigiti” deya Nodirbek Abduvaliyev e'tirof etildi.
G‘oliblar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Ulug‘bek Amanov,
“Metallurg” MS madaniy va ma'rifiy ishlar masalalari bo‘yicha komissiya raisi