Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 71) 619-23-33Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 71) 619-23-33Joriy yilning 12-15 may kunlari Farg‘ona shahrida sportning belbog‘li kurash bo‘yicha erkaklar hamda ayollar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi.
Mazkur chempionatda OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi sport va jismoniy tarbiya bo‘limining belbog‘li kurash bo‘yicha murabbiysi Bahodir Sheranov shogirdlari ham ishtirok etib, samarali natijalarni qayd etdi.
Jumladan, erkaklar o‘rtasida 75 kg vazn toifasida gilam tushgan Komronbek Nomozboyev barcha raqiblaridan ustun kelib, mamlakat chempionligini qo‘lga kiritdi.
Sohibjon Boymatov(62 kg) va Ortiqjon Yuldashev(68 kg) o‘z vazn toifalarida kumush medalga ega chiqishdi.
75 kg vazn toifasida kurashgan Eldor Jalilovga bronza medal nasib etdi.
Ayollar o‘rtasida bahslarda Gulkumar Jannazarova 76 kg vazn toifasida tengsiz ekanligini namoyish etib, chempion bo‘ldi.
Bibigavhar Po‘latboyeva esa 66 kg vazn toifasida uchinchi o‘rinni egalladi.
Axborot xizmati