• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Oʻzbekiston iftixori Javohir Sindorov shahrimiz mehmoni

29 Aprel 2024, 14:46 552

Yurtimiz shaxmatchilarining soʻnggi yillarda xalqaro sport arenalaridagi ulkan gʻalabalari ortidan Oʻzbekiston eng yaxshi shaxmat mamlakati deya eʻtirof etilib kelinmoqda. 2022-yil Hindistonning Chennay shahrida boʻlib oʻtgan Butunjahon shaxmat olimpiadasida mamlakatimiz erkaklar terma jamoasi Niderlandiya ustidan zafar qozonib, yuksak gʻalaba – “Butunjahon shaxmat olimpiadasi chempioni” boʻldi. Bu tarixdagi birinchi chempionlik hisoblanadi. Ushbu sport turini yoshlar oʻrtasida yanada rivojlantirish maqsadida shaxmat ustalari ishtirokida koʻplab uchrashuvlar, master klasslar tashkil etilmoqda.

Joriy yilning 26-aprel kuni OKMK rahbariyati tashabbusi bilan shaxmat boʻyicha Jahon chempioni, Oʻzbekiston iftixori Javohir Sindorovning shahrimizga tashrifi ham soʻzlarimizning amaliy isboti boʻldi.

Tashrif avvalida mehmonlar “Metallurg” madaniyat saroyidagi konchilar muzeyida boʻlishib shahrimiz va OKMK tarixi bilan yaqindan tanishishdi. 

Shundan soʻng, shaxmat ustasi va tashrif ishtirokchilari Qalmoqqir konidagi texnologik jarayon bilan tanishishdi.

Mehmonlarning navbatdagi manzili boʻlgan Milliy texnologik taqdiqotlar universiteti MISiSning Olmaliq filialida ham sport muxlislari uchun uchrashuv tashkil etildi.  Unda shaxmat ixlosmandlari, kombinat yoshlari, oʻquvchi talabalar, ishtirok etishdi. Mazmunli suhbat koʻrinishida boshlangan tadbir, qizgʻin savol-javoblar bilan davom etdi. Shuningdek grossmyeyster Javohir Sindorov istak bildirgan shaxmat ixlosmandlari bilan dona surshdi.

Uchrashuv davomida Oʻzbekiston iftixori Javohir Sindorov tomonidan muxlislarga master klass mashgʻuloti tashkil etildi. Maʻlumot uchun aytish kerakki, shaxmat ustasi 2018-yil dunyodagi eng yosh ikkinchi grossmeyster sifatida oʻz nomini tarixga muxrlagan boʻlsa, 2019-yil Oʻzbekiston chempioniga aylangan.

Tashrif soʻngida Javohir Sindorov OKMK boshqaruv raisi, senator Abdulla Xursanov bilan uchrashib esdalik sovgʻalarini qabul qilib oldi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech