• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

O‘zbekiston kubogida OKMK motokrosschilari 7ta medalni qo‘lga kritishdi

15 Noyabr 2022, 15:48 668

OKMK texnik sport klubi motokrosschilari 20 yildan oshiqroq vaqt davomida motokross bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining sovrindorlari bo‘lib kelishmoqda. Joriy yilning 12-13 noyabr kunlari Olmaliq shahrida O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi «Vatanparvar» tashkiloti hamda «Olmaliq KMK» AJ hamkorligida O‘zbekiston kubogi uchun navbatdagi motokross musobaqalari bo‘lib o‘tdi.

Qayd etish kerakki, ob-havoning noqulay sharoiti, ya'ni kuchli tuman tushganligi bois musobaqalar biroz kechikib boshlandi. Ammo OKMK sa'y-harakatlari bilan trassa xalqaro talablar darajasida hozirlanganligi taqdirlash jarayonida alohida qayd etildi.

Musobaqada 12 ta jamoadan iborat 100 dan oshiq sportchilar shuningdek, Qozog‘iston Respublikasidan motokrosschilar ishtirok etishdi. An'anaga muvofiq, Andrey Sazonov murabbiyligidagi OKMKning texnik sport klubi  motokrosschilari Toshkent viloyati sha'nini himoya qilishdi.

Musobaqalar 8 toifada: o‘smirlar o‘rtasida dvigatel hajmi 65, 85 va 125 sm kub bo‘lgan mototsikllarda o‘tkazilgan bo‘lsa, erkaklar o‘rtasida dvigatel hajmi 125, 500 va 750 kub sm hamda ChZ toifasida bo‘lib o‘tdi.

Bahslarda OKMKning texnik sport klubi motokrosschilari 7 ta medalni qo‘lga kiritishdi. O‘smirlar o‘rtasida dvigatel hajmi 125 sm kub bo‘lgan mototsikllar bahsida Ilya Kudlyayev 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, huddi shu sinfdagi erkaklar bahslarida 2-o‘rin Andrey Sazonovga, 1-o‘rin esa Emran Ablyazovga nasib etdi. Dvigatel hajmi 500 kub sm sinfda Emran Ablyazov 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, ChZ toifasidagi bahslarda 1-o‘rin Shevket Suleymanovga nasib etdi. Timur Dikanbayev esa 3-o‘ringa sazovor bo‘ldi.

Umumjamoa hisobida OKMKning texnik sport klubi motokrosschilari 2-o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

Eslatib o‘tamiz, 2022-yilgi mavsumning yakuniy musobaqalari dekabr oyida Toshkentda bo‘lib o‘tadigan superkross bo‘ladi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech