• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

"O‘zbekiston ona yurtim"

29 Avgust 2022, 9:13 926

"Olmaliq KMK" AJ O‘quv markazida Ijro apparati kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan hamkorlikda "O‘zbekiston ona yurtim" shiori ostida tanlov tashkil etildi.

Yurtimiz mustaqilligining 31 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbirda ishtirokchilar Vatanimiz haqida bilimlarini ko‘rsatish bilan birga milliy o‘yinlarni namoyish etishdi.

Tanlov yakunida hakamlar hay'ati qaroriga ko‘ra, O‘quv markazi mutaxassislari Ma'ruf Toshev va Jamshid Turdiqulovlar uchinchi o‘ringa loyiq ko‘rildi.

Ijro apparati jamoasidan Farxod Fayzullayev hamda Gulruh Boymakovalar ikinchi o‘rinni egallashdi. Kapital qurilish boshqarmasi mutaxassisi Shoxista Kamiljanova faxrli birinchi o‘rinni egalladi. Sovrindorlar Ijrochi apparatda bayram munosabati bilan tashkil etiladigan tadbirda kombinat rahbariyati tomonidan taqdirlanishi rejalashtirilgan.

Baxtiyor Niyazmetov,

O‘quv markazi yetakchi muhandisi

Bo`lishmoq:
Text to speech