• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

O‘zbekiston qahramoniga ehtirom

25 Fevral 2022, 10:42 806

Keksalarga hurmat ko‘rsatish xalqimizning oliy qadriyati desak mubolag‘a bo‘lmaydi. So‘zlarimizning yorqin isbotini bugun OKMK rahbariyati tomonidan O‘zbekiston qahramoni, mehnat faxriysi Saydali Rahmonovga ko‘rsatilgan ehtirom misolida ham kuzatishimiz mumkin.

Bugun 61 yoshni qarshi olayotgan O‘zbekiston qahramoni, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati mehnat faxriysi Saydali Rahmonovni OKMK boshqaruv raisi Abdulla Xursanov tavallud ayyomi munosabati bilan samimiy muborakbod etdi. S. Rahmonovga zarbof to‘n kiydirilib, televizor sovg‘a qilindi.

-  Sizning mehnat yo‘lingiz kombinat yoshlariga ibrat maktabi bo‘la oladi, - deydi A.Xursanov. – Siz yetishtirgan yosh shogirdlaringiz kombinat konlarida ishingizni davom ettirmoqda. Kombinatimizning rivojida albatta siz kabi boy ish tajribasiga ega faxriylarning o‘rni bo‘lak. Amalga oshirayotgan har bir ishimizda hamisha sizlarning qimmatli maslahatlaringizga tayanamiz. Kundan kun keng qurilishlar maydoniga aylanib borayotgan, o‘zgarishlar amalga oshirilayotgan kombinatning kelajagi siz tarbiyalagan yoshlarning qo‘lida. Fursatdan foydalanib, sizni muborak tavallud ayyomingiz bilan qutlab qolamiz. 

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati rahbariyati tomonidan ko‘rsatilgan e'tibordan mamnun bo‘lgan Saydali Rahmonov o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech