• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a'zolari ro‘yxatga olindi

19 Noyabr 2024, 8:23 278

Joriy yilning 16-noyabr kuni Markaziy saylov komissiyasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a'zolarini ro‘yxatga olishga bag‘ishlangan majlisi bo‘lib o‘tdi.

Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF –187-son Farmoniga asosan tayinlangan Oliy Majlis Senati a'zolari ro‘yxatga olindi.

Bundan tashqari, joriy yilning 7−12 noyabr kunlari Oliy Majlis Senati a'zolarini saylash bo‘yicha o‘tkazilgan mahalliy Kengashlarning qo‘shma majlislari bayonnomalari muhokama qilinib, ular asosida Oliy Majlis Senati a'zolarini ro‘yxatga olish to‘g‘risida tegishli qaror qabul qilindi.

Jumladan, yangidan shakllangan Senatning sifat tarkibi quyidagicha:

  • senatorlarning 26,4 foizini xotin-qizlar tashkil etdi;
  • 1 nafari – 30 yosh, 41,6 foizi – 40 yoshdan 60 yoshgacha, 56,6 foizi – 60 yoshdan kattalarni tashkil etdi;
  • 98,3 foizi oliy ma'lumotli bo‘lib, 31,6 foizi ilmiy darajaga ega;
  • senatorlarning 25 foizi – iqtisodchilar, 13,3 foizi – huquqshunoslar, 26,6 foizi – pedagoglar, 13,3 foizi – muhandislar, 5 foizi – tibbiyot sohasi vakillari, 16,8 foizini esa – madaniyat sohasi vakillari, tadbirkor va fermerlar tashkil etadi.

Shuningdek, majlisda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 96-moddasiga muvofiq 2024-yil 18-noyabr kuni Qonunchilik palatasining va 2024-yil 19-noyabr kuni Senatning birinchi majlislarini Toshkent shahrida chaqirilishi belgilandi.

Toshkent viloyati

Kadirxanova Malika Akbarovna - O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi raisi

Mirzayev Zoyir Toirovich - Toshkent viloyati hokimi

Toirov Mahmudjon - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Toshkent viloyati bo‘limi rahbari, “Adabiyot ziyosi” gazetasi bosh muharriri

Xursanov Abdulla Xalmuradovich - “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi

Markaziy saylov komissiyasi

Matbuot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech