• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tarkibidagi korxonalar vakillari OKMKda

12 Aprel 2022, 15:22 1425

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-yanvardagi PQ-99-sonli “Respublikada ishlab chiqarishni rivojlantirish va sanoat kooperatsiyasini kengaytirishning samarali tizimini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta'minlash va Respublika sanoat korxonalari orasida kooperatsiya aloqalarini yanada kengaytirish maqsadida bugun OKMKga “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tarkibidagi boshqarma va sanoat korxonalari rahbarlari va mutaxassislari tashrif buyurishdi.

Dastlab, OKMK boshqaruv raisining transport va logistika bo‘yicha o‘rinbosari R.Sanaqulov hamda  “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ sanoat faoliyatini tashkil etish va nazorati boshqarmasi boshlig‘i N.Abdullayev, “Toshkent mexanika zavodi” AJ  boshqaruvi raisi Z.Isakov “Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta'mirlash zavodi” AJ boshqaruvi raisi D.Dadaxodjayev, “Uztemiryo‘lmashta'mir UK Bosh direktori K.Xalikov, “Quyuv mexanika zavodi" ShK direktori K.Rashidov, “Andijon mexanika zavodi" ShK direktori Z.Ayubjanovlar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda har ikki tomon o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, mahalliylashtirish dasturi asosida mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish masalalari bo‘yicha muzokaralar olib borildi.

OKMK Ijro apparati Mahalliylashtirish bo‘limi boshlig‘i Dilshod Xoldaraliyevning ma'lum qilishicha, uchrashuvda kooperatsiya asosida mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarish muhokama qilingan. Uchrashuvda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tarkibidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlar taqdimoti o‘tkazildi. Bir so‘z bilan aytganda kombinat hamda mazkur korxonalar hamkorligida import o‘rnini bosadigan ko‘plab mahsulotlarni ishlab chiqarish tashkil etiladi.

Mehmonlar shuningdek, Texnologik transport boshqarmasida ham bo‘lishib, avtogigantlarga kerakli ehtiyot qismlar bilan tanishishdi.

Qalmoqqir konidagi texnologik jarayon ham mehmonlarda kata taassurot qoldirdi.

Dastlabki kelishuvlarga ko‘ra, har ikki tomon o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalariga doir hujjat iimzolanib, tarmoq jadvali ishlab chiqiladi. Va zarur bo‘lgan ehtiyot qismlarni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech