• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

«O‘zbekiston texnologik metallar kombinati» yillik eksport rejasini bajardi

29 Oktyabr 2024, 11:19 219

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati 75-yillik yubileyi arafasida kombinat tarkibiga kiruvchi “O‘zbekiston texnologik metallar kombinati” mehnat jamoasi muddatidan avval eksport prognoz rejasini bajarishga muvaffaq bo‘ldi.

Mehnat jamoasiga 2024-yilda 31 050,0 ming AQSh dollari miqdorida sanoat mahsuloti eksporti vazifasi belgilangan edi.

Rejaga ko‘ra, yil davomida korxona 30 000,0 ming AQSh dollari miqdorida 750,0 tn  molibden metalli hamda 1 050,0 ming AQSh dollari miqdorida 30,0 tn volfram metalli ishlab chiqarish lozim edi.

Bugungi kun holatiga, briket shaklidagi molibden metalli  va 28 060,58 ming AQSh dollari miqdoridagi  567,87 tn briket shaklidagi molibden metalli, shuningdek, 3 304,07 ming AQSh dollari miqdoridagi  61,98 tn  shtabik molibden metalli  eksportga yuborilgan.

Jami shu kungacha 31 364,65 ming AQSh dollari miqdoridagi mahsulotlar eksport qilindi, va prognoz rejasi  muddatidan oldin 101,0 % bajarildi.

Korxonaning bu zafarli odimlari OKMK yubiley ayyomiga o‘ziga xos tuhfa bo‘ldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Ma'lumot uchun: Ushbu korxona Chirchiq shahrida joylashgan bo‘lib, bu yerda kukunli metallurgiya usuli bilan volfram va molibden chuqur qayta ishlanib, turli xil mahsulotlar, qotishmalar ishlab chiqariladi. Bundan tashqari, chidamli shamotli g‘ishtlar, keramik mahsulotlar hamda asboblar ham tayyorlanadi. Korxonada ko‘plab yangi turdagi mahsulotlar olinishiga ham erishilgan. Xususan, ferromolibden ishlab chiqarish, qurilish uchun quruq aralashma, qattiq qotishmali podshipniklar, oktamolibdat ammoniy, titan-tantal qattiq qotishmasi, yuqori gidropenevmatik plitalar ishlab chiqarilmoqda

OKMK Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech