• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Raqamlashtirish temiryo‘l transport sohasida samarali qo‘llanilmoqda

27 Oktyabr 2022, 16:18 1220

Joriy yilning 26-oktabr kuni OKMK boshqaruvi raisining raqamlashtirish bo‘yicha o‘rinbosari Abdulla Azizov Sanoat temiryo‘l transport boshqarmasida raqamlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Kombinat tarkibiy bo‘linmalarida raqamlashtirishning joriy etilishi yuqori mehnat samaradorligiga sabab bo‘lmoqda. Aynan STTBda “Raqamli OKMK - 2030” konsepsiyasi doirasida joriy yilning fevral oyida Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish boshqaruvi tizimlari xizmati faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Shuningdek, STTBda raqamlashtirish samarali qo‘llanilib kelinmoqda. Jumladan, temir yo‘l transportiga texnik xizmat ko‘rsatish va ta'mirlash ishlarini boshqaruv tizimi RFID texnologiyasi asosida har bir temir yo‘l transporti bosib o‘tgan masofani aniq hisobga olib, avtomatik tarzda texnik ko‘rik va ta'mirni rejalashtirish, ularni sifatli amalga oshirish hisobiga xarajatlar 10 foizga yoki yiliga 7,3 mlrd so‘mga qisqartiriladi.  Bundan tashqari, STTBda texnologik jarayonlarni kuzatish uchun bir qator axborot tizimlari – (IS Wialon Local (GPS- monitoring), Mirror-1,  “Ekspress-yuk”,  “Sharxiya” karyeridan Mis boyitish fabrikasining chiqindi to‘plash xo‘jaligiga qum-shag‘al aralashmasini yetkazishni maqbullashtirish tizimi, RMS - temiryo‘l transporti monitoringi axborot tizimi) ham joriy etilgan.

A. Azizov shuningdek, 3-temiryo‘l sexining omborxonasida ham bo‘ldi. Mazkur ombor tashqi audit davomida namunali deb topilgan bo‘lib, mutaxassislar bu yerdagi tovar-moddiy boyliklarini hisobini to‘g‘ri yuritish, ularning nomenklatura raqami, narxi, qanday saqlanishi, elektron kartasi bilan yaqindan tanishishdi.  Ayni paytda kombinatda raqamlashtirish doirasida joriy yilning iyul oyida xaridlar tizimi samaradorligi va shaffofligini oshirish hamda omborlardagi tovar-moddiy boyliklar zaxirasini raqamli nazorat qilish uchun 1C:ERP platformasida “Xaridlar va ombor yuritish” elektron tizimi ishga tushirilgan.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech