• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Ozuqa ekinlarini ekish boshlandi

07 Aprel 2022, 8:25 1298

Mana bahor faslida kunlar isishi bilan dalalarda mehnat qaynaydi. Dehqonu mirishkorlar yerga urug‘ qadashadi.

Yerlarning tobiga kelishi bilan kombinat mirishkorlari ham allaqachon dalada ekin ishlarini boshlab yuborishdi.

OKMK Iste'mol mollari ishlab chiqarish boshqarmasi boshlig‘i Toir Boliqulovning ma'lum qilishicha, joriy yilning 4-aprel kuni ozuqa lavlagisini ekish ishlari boshlangan.

Boshqarmaning qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va yem-hashak tayyorlash uchastkasi ishchi-xodimlari tomonidan bu yilgi mavsumda 50,5 gektar yer maydoniga ozuqa lavlagisi ekish ko‘zda tutilmoqda.

Shuningdek, 67,5 gektar yer maydoniga don uchun makkajo‘xori, 182 gektar yer maydoniga esa silos uchun makkajo‘xori ekiladi.

Ozuqa lavlagisi va makkajo‘xorini ekish hamda barcha agrotexnik tadbirlarni sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirilishi ta'minlanishi uchun barcha texnika vositalari shay holatga keltirilgan. Sifatli urug‘lik, material va mineral o‘g‘itlar zaxiralari to‘liq shakllantirilgan.

Ushbu qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sut-tovar fermasidagi yirik shohli qoramollar uchun ozuqa sifatida yetishtiriladi.

OKMK Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech