• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Pechning ta'mir ishlari mis ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari oshirilishiga xizmat qiladi

31 Yanvar 2024, 14:52 929

Joriy yilning 20-yanvar kunidan Mis eritish zavodi Metallurgiya sexi Eritish bo‘limidagi kislorod-mash'alali pechi ta'miriga kirishildi.

Ta'mir davomida pech devorlari qoplamasi, svodi, apteyka, №1 va №2-sonli isitkichlarni almashtirish, misli suv sovutgich kessonlarni, 2 ta jamlamali tarnovli kessonlarni ham almashtirish ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, mazkur metallurgiya uskunasi ta'miri davomida pechning metall konstruksiyalarini rixtovkalash va ta'mirlash, beshta qatlamli radiatsion shixta alangali panellarini almashtirish ishlari ham amalga oshiriladi.

Quvur quritkichlar, KUKP-1040 qozon utilizatorlari OGP 4-16 elektrfiltrlari qurilmalarida hamda texnologik gazlar magistrallarida va bir qator gaz o‘tkazgich quvurlarida olib boriladigan ta'mir ishlari ham pechning navbatdagi ekspluatatsiya davrida barqaror va uzluksiz ishlashini ta'minlaydi. Rejali oldini olish ta'mir jadvallariga asosan, mazkur uskunada ta'mir ishlari bir oy davom ettirilishi nazarda tutiladi. KMPda ta'mir ishlari MEZning Ixtisoslashtirilgan ta'mir ishlari sexi, Ixtisoslashtirilgan ta'mirlash ishlari boshqarmasining №3-, №4- va №6-sonli uchastkalari, “Olmaliqmetallurgqurilish” tresti ta'mir-montaj uchastkasi jamoalari tomonidan olib borilmoqda. 

Pechning defformasiyalangan qismlarini, muhim qismlarini almashtirish va ish qobiliyatini qayta tiklash maqsadida olib borilayotgan ta'mir ishlari nafaqat pechning barqaror holatda ishlashi balki xomaki mis ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari oshirilishiga ham xizmat qiladi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech