• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

PENSIYA QONUNCHILIGI: NIMALAR OʻZGARDI

11 Fevral 2022, 14:0 1285

Prezident tomonidan 9 fevral kuni «Fuqarolarning va tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari kafolatlari yanada kuchaytirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi OʻRQ-752-son Qonun imzolandi. 

Qonun bilan “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti toʻgʻrisida”gi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi:

  • Qonunning 15-moddasi yangi tahrirda bayon etildi va unga koʻra, nogironlik pensiyalari Chernobil AESdagi avariya tufayli mayib boʻlish yoki kasallik oqibatida III guruh nogironligi boʻlgan shaхslar deb topilgan shaхslarga ham tayinlanadi;
  • 19-modda uchinchi qismining «a» bandi ham yangi tahrirda bayon etildi. Endilikda, mehnatga qobiliyatsiz a’zolarga bolalar, aka-ukalar, opa-singillar va nabiralar ham kiradi, agar ular 18 yoshga toʻlmagan boʻlsa yoki 18 yoshdan katta boʻlsa yoхud 18 yoshga toʻlguniga qadar nogironligi bor bola boʻlib qolgan boʻlsa. Ilgari, bu 16 yosh deb belgilangan edi.
  • 19-moddaning toʻrtinchi qismiga oʻzgartirish kiritildi. U shundan iboratki, oʻquvchilar bilan birgalikda, boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasini ta’lim tashkilotlarining talabalari ham oʻqishning butun davri davomida, biroq 23 yoshga toʻlguniga qadar olish huquqiga ega boʻladi;
  • 37-modda «j» bandining yangi tahririga koʻra, bola 3 yoshga toʻlguncha bolani parvarishlash ta’tillarida boʻlish vaqti, lekin hammasini jamlaganda koʻpi bilan 6 yilni tashkil qiladigan vaqt ish stajiga qoʻshib hisoblanadi. Oldingi tahririda, bu muddat jami boʻlib 3 yilni tashkil qilgan.

    Manba: norma.uz
Bo`lishmoq:
Text to speech