• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

PENSIYALARNI HISOBLASH VA TOʻLASH TIZIMI AVTOMATLASHTIRILADI

08 Aprel 2022, 16:13 2568

Prezidentning 07.04.2022 yildagi “Davlat pensiyalari, nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa ijtimoiy toʻlovlarni toʻlash tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Hujjat OʻzAda e’lon qilingan.

2022 yil 1 maydan boshlab:

  • “Temir daftar”, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga va oilalarga tegishli jamgʻarmalar mablagʻlari hisobidan koʻrsatiladigan moddiy yordamlar, mehnat organlari tomonidan toʻlanadigan ishsizlik nafaqasi va stipendiyalar hamda jazoni oʻtab ozodlikka chiqqan fuqarolarga toʻlanadigan moddiy yordam pullari har oyning 5-sanasiga qadar moliyalashtiriladi hamda pensiya va nafaqalar bilan bir vaqtda AT “Xalq banki”ning sayyor kassalari tomonidan mahallalarga yetkaziladi;
  • AT “Xalq banki”ning sayyor kassalari tomonidan pensiya va nafaqalar hamda moddiy yordam pullarini fuqarolarga naqd pulda yetkazib berish хizmatlari uchun 1 foizi miqdorda bankka хizmat haqi toʻlab beriladi. Ushbu summa byudjet va Pensiya jamgʻarmasi tomonidan qoplanadi. Bunda  AT “Xalq banki” zimmasiga sayyor kassalar orqali mahalla fuqarolar yigʻinlariga borgan holda pensiya va nafaqa oluvchilarning kartalaridagi mablagʻlarini ularning хohishlariga koʻra naqd pulga almashtirib berish vazifasi yuklatiladi;
  • barcha turdagi davlat pensiyalarini, byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tomonidan toʻlanadigan nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa toʻlovlarni hamda kam ta’minlangan oilalar uchun bolalar nafaqasi va moddiy yordam pulini bank kartalari orqali oluvchilarga har oylik pensiya va nafaqa pulining 1 foizi miqdorida qoʻshimcha toʻlov joriy qilinadi. Bunda fuqarolarning roziligi bilan pensiya va nafaqa pullarini bank kartalariga oʻtkazish asosida hujjatlarni qogʻoz shaklida yuritishdan voz kechiladi.

 2022 yil 1 sentyabrga qadar harbiylashtirilgan tizim pensiyalarini hisoblash va toʻlash tizimini tegishli vazirlik va idoralar tomonidan avtomatlashtirish orqali хizmat koʻrsatuvchi tijorat banklarida pensiya varaqalarini yuritish amaliyoti bekor qilinadi.

 AT “Xalq banki”ga 2022 yil yakuniga qadar pensiya va nafaqa oluvchilarga yanada qulayliklar yaratish maqsadida ularning mablagʻlarini masofadan boshqarish imkonini beruvchi bankning yangi mobil ilovasini ishlab chiqish topshirildi.

 Qaror bilan qonun hujjatlariga boshqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar ham kiritildi.

Bo`lishmoq:
Text to speech