• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Gandbol bo’yicha O’zbekiston chempionati Olmaliqda

29 Mart 2022, 9:8 993

Joriy yilning 23-mart kuni shahrimizning OKMK sport majmuasida oliy ligadagi erkaklar jamoalari o'rtasida gandbol bo'yicha O'zbekiston chempionatiga start berildi.

Birinchi turda 12 ta jamoa ishtirok etdi. Ular orasida AGMK gandbol jamoasi bosh murabbiyi Hasan Qayumovning shogirdlari bo’lgan amaldagi O'zbekiston chempionlari ham bor.

Chempionatning tantanali ochilish marosimida O'zbekiston gandbol Federatsiyasi hamda "Olmaliq KMK"AJ xodimlari kasaba uyushmasi Kengashining jismoniy tarbiya va sport bo'limi vakillari ham ishtirok etdilar.

Ochilish marosimiga  "Metallurg" madaniyat saroyining ijodiy jamoalari o’zgacha shukuh bag’ishlashdi. Muxtasar aytganda, kuy va qo’shiqlar, raqslar musobaqa ishtirokchilarining kelgusi o'yinlariga katta quvvat bag'ishladi.

Birinchi o’yinni mezbon sifatida AGMK jamoasi boshlab berdi, bunda sportchilarimiz Toshkent terma jamoasi bilan kuch sinashishdi.

O’yinning ilk daqiqalaridayoq kim ustunligi yaqqol namoyon bo’ldi. Gandbolchilarimiz raqib jamoa darvozasini bir necha bor ishg’ol qilib, birinchi bo’limni 14-8 hisobi bilan yakunladi.

Ikinchi bo’limda esa AGMK jamoasi gollar bo’yicha ancha oldinga chiqib oldi. O’yin natijalariga ko’ra, 34-22 hisobi  bilan sportchilarimiz g’alaba qozonishdi.

Shuningdek, gandbol muxlislariga eslatib o’tamiz, erkaklar jamoalari o'rtasidagi O'zbekiston chempionatining birinchi turi 23-martdan 29 martga qadar davom etadi. O’yinlar OKMK sport majmuasida o’tkaziladi.

31-martdan 6-aprelga qadar esa  Olmaliqda ayollar jamoalari o'rtasida gandbol bo'yicha O'zbekiston chempionatining birinchi bosqichi bo’lib o’tadi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech